Home / Tadbirlar / Innovatsion rivojlanish vaziri Termiz davlat universitetida

Innovatsion rivojlanish vaziri Termiz davlat universitetida

Xabaringiz bor, Prezidentimizning 2017 yil 29 noyabrdagi PF-5264-son Farmoniga muvofiq, mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi. Vazirlik endilikda ilg’or xorijiy tajriba, jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion g’oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal innovatsion rivojlantirish, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.2018 yilning 11 yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovning Termiz davlat universiteti professor-o’qituvchilari bilan bo’lgan uchrashuvi ham boy ilmiy va intellektual salohiyatga ega oliygoh jamoasining innovatsiya faoliyatini takomillashtirish bo’yicha takliflarini o’rganish, yosh avlodning ijodiy g’oyalari va ishlanmalarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash hamda rag’batlantirish masalalariga bag’ishlandi.8888 Uchrashuv avvalida universitet rektori A.Toshqulov oliygohning ilmiy tadqiqot faoliyatini tizimli tarzda rivojlantirish, fan va ishlab chiqarishning innovatsion korporativ hamkorligini samarali tashkil etish, xalqaro aloqalarni yanada yaxshilash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida muxtasar so’z yuritdi.26240427_191853724891083_3793639758528145361_o O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri, akademik I.Abdurahmonov viloyatda innovatsiyalarni rivojlantirish bilan bog’liq muhim masalalar, innovatsion taraqqiyotning hududiy muammolari o’rganish va ularni hal qilish choralarini ko’rish, jumladan, Termiz davlat universiteti professor-o’qituvchilari, doktorant va mustaqil izlanuvchilari, iqtidorli talabalarining intellektual salohiyatini mazkur muammolar yechimiga safarbar qilish, professor-o’qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati natijasida yaratilayotgan ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy qilish bilan bog’liq masalalar haqida taklif va tavsiyalarini bayon etdi.26685861_191854008224388_2882727521935360038_oAyniqsa, vazirning universitetda yetakchi professor-o’qituvchilar, doktorant va mustaqil izlanuvchilar, iqtidorli talabalardan iborat tarkibda innovatsion guruhlarni tashkil etish va bu guruhlar a’zolarini Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan tashkil etiladigan qisqa muddatli o’quv va malaka oshirish kurslarida ishtirokini qo’llab-quvvatlash to’g’risidagi e’tirofini yig’ilganlar xursandchilik bilan qabul qildilar. Berilgan tavsiyalar yuzasidan o’z takliflari, fikr-mulohazalarini bildirdilar.26840943_191853861557736_2858914235879166988_o26233795_191854181557704_6821450603930539458_oUchrashuv so’ngida ilg’or g’oyalari, loyihalari bilan innovatsion taraqqiyot jarayonlarini rivojlantirishda faollik ko’rsatayotgan bir guruh professor-o’qituvchilar hamda talabalarga vazirlikning esdalik sovg’alari topshirildi.

TerDU Axborot xizmati