Bosh sahifa / Tadbirlar / Bobur: shoir ko’ngli va shoh siyosati

Bobur: shoir ko’ngli va shoh siyosati

Termiz davlat universitetida millatimiz ma’naviyati va adabiyotining so’nmas siymolari Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi keng nishonlanmoqda.
Xususan, Axborot-resurs markazi hamda Pedagogika fakultetining pedagogika va psixologiya kafedrasi hamkorligida Bobur asarlaridagi ezgu g’oyalarning yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda vatanga sadoqat, o’tmishga va milliy qadriyatlarimizga ehtirom, yurt taraqqiyotiga dahldorlik hissi va mustahkam hayotiy pozitsiyasini shakllantirishdagi ahamiyatini e’tirof etish, yoshlarning Bobur ijodiga qiziqishlarini oshirish va uning ahamiyatini yoshlar orasida targ’ib qilish maqsadida “Bobur: shoir ko’ngli va shoh siyosati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.27173185_832967870223992_5287969848804891074_o27625164_832967963557316_5364620517404723846_o Tadbirda Zahiriddin Muhammad Boburning ruboiy va g’azallaridan namunalar o’qildi. Bobur haqidagi filmlardan lavhalar namoyish etildi. Talabalar tomonidan sahnalashtirilgan sahna ko’rinishlari yig’ilganlarga manzur bo’ldi.27356238_832968063557306_8730628488745578483_o