Bosh sahifa / Tadbirlar / Mustaqillik me’moriga ehtirom

Mustaqillik me’moriga ehtirom

Xotira – kechagi kun bilan bugunni bog’lab turuvchi ma’naviy ko’prik, tarix solnomasiga bitilgan ulug’ va ezgu ishlarga avlodlar ehtiromi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug’aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, Termiz davlat universitetida ham sana munosabati bilan xotira kechalari, suhbatlar, tadbirlar va madaniy dasturlar o’tkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri kecha universitetning Fizika-matematika hamda Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetlarida bo’lib o’tgan bo’lsa, bugun O’zbek filologiyasi hamda Jismoniy madaniyat fakultetlari hamkorligida tashkil etildi.1Unda professor-o’qituvchilar, talabalar va mehnat faxriylari ishtirok etdi.2 Tadbirda ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i Z.To’rayev, o’zbek filologiyasi fakulteti dekani, filologiya fanlari nomzodi M.Hamrayeva, viloyat tojik milliy madaniy markazi a’zosi, shoir Yusuf Valizoda Darbandiy so’zga chiqishib, buyuk davlat arbobi Islom Karimovning Vatanimiz mustaqilligi, xalqimizning ozod, obod va farovon hayotini ta’minlash bilan birga har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash borasidagi ulug’ xizmatlarini yuksak e’tirof bilan esladilar.27625153_200935953982860_1984634257135760881_o27369225_200936097316179_3453750046992423449_o Tadbir davomida ishtirokchilarga I.A.Karimov hayot va faoliyat yo’liga bag’ishlangan “Mustaqillik me’mori” nomli hujjatli film namoyish etildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan madaniy dastur barchada katta taassurot qoldirdi.
27503761_200936210649501_7377229714482263300_o27500283_200936117316177_8244409847469687337_o27164456_200936337316155_8850498329674904740_o 27500371_200936230649499_3640853510722828588_o27174014_200936093982846_75178225726182426_o27501142_200936260649496_5564966628629223060_o