Bosh sahifa / Tadbirlar / Universitetda yoshlar orasida giyohvand vositalarning tarqatilishiga qarshi kurash oyligi boshlandi

Universitetda yoshlar orasida giyohvand vositalarning tarqatilishiga qarshi kurash oyligi boshlandi

Joriy yilning 1 fevralidan 1 martiga qadar mamlakatimizda “Yoshlar orasida giyohvand vositalarning tarqatilishiga qarshi kurash oyligi”, deb e’lon qilinishi munosabati bilan Termiz davlat universitetida ham ushbu oylikni uyushqoqlik bilan, samarali o’tkazishga kirishildi.
Xususan, oylikning birinchi kunida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida tadbir tashkil etilib, unga viloyat ichki ishlar boshqarmasi, narkologiya dispanseri, viloyat “OITS”ga qarshi kurash markazi hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Termiz shahar Kengashi vakillari taklif etildilar.
Unda universitetning ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i Z.To’rayev, viloyat IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig’i O’.Tog’ayev, boshqarma boshlig’i o’rinbosari D.Qodirjonov, viloyat “OITS”ga qarshi kurash markazi vrachi H.Shoimov, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Termiz shahar Kengashi raisi U.Qulmamatov, viloyat narkologiya dispanseri vrachi va boshqalar so’zga chiqishib, talabalarga giyohvandlikning zararli oqibatlari, uning yoshlar ta’lim-tarbiyasi va intellektual rivojlanishiga salbiy ta’siri haqida tushunchalar berdilar.27173726_201798810563241_3960258218863569701_o Yoshlarning narkotik moddalar savdosi bilan shug’ullanadigan jinoiy guruhlarni aniqlash va ularning faoliyatiga chek qo’yish, opiyli giyohvandlikning klinik-psixopatologik xususiyatlari, OIV/OITSning salbiy oqibatlari va uning oldini olishga doir savollariga mutaxassislar batafsil javob qaytardilar. Tadbir so’ngida mavzuga doir film namoyish etildi.