Bosh sahifa / Tadbirlar / Universitetda akademik olimlar maktabi yaratilmoqda

Universitetda akademik olimlar maktabi yaratilmoqda

Termiz davlat universitetida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar samarasi o’laroq, kuni kecha O’zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri, akademik Shafoat Namozov universitetga tashrif buyurdi.27629527_203784167031372_3568879794919848200_oUniversitet rektori Abduqodir Toshqulov bilan bo’lgan muloqot chog’ida kimyo sohasida olib borayotgan faol ilmiy-tadqiqot izlanishlari natijalari bilan respublika va xalqaro ilmiy hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan ushbu taniqli olimning Termiz davlat universitetida ham maktabini yaratish, shogirdlar tarbiyalash tizimini yo’lga qo’yishga kelishib olindi.27629510_203784160364706_4938575864038137651_oProfessor-o’qituvchilar hamda talabalar ishtirokida o’tkazilgan uchrashuvda akademik Sh.Namozov mahalliy agrorudalar (fosforit, bentonit, oksidlangan ko’mir) asosida organomineral o’g’itlar ishlab chiqarishni tashkil etish orqali Surxondaryo viloyatida yerning unumdorligini, yetishtirilayotgan paxta, g’alla, meva-sabzavot va poliz ekinlari hosildorligini keskin oshirish bilan bog’liq vazifalar, uni amalga oshirishda Termiz davlat universiteti olimlari bilan ilmiy hamkorlik qilish masalalari xususida so’z yuritdi.27629101_203784310364691_3300575664263115239_o27500274_203784263698029_2981678768177502454_o Uchrashuv davomida ishtirokchilar kimyo sohasidagi ilmiy ishlar himoyasi va maqolalar chop etilishini rag’batlantirish yuqori malakali o’qituvchilar va olimlarni jalb etish masalalari yuzasidan ham fikrlashib oldilar.