Bosh sahifa / Tadbirlar / Universitetda prezidentimizning ta’lim sohasidagi yangi farmoni qizg’in o’rganilmoqda

Universitetda prezidentimizning ta’lim sohasidagi yangi farmoni qizg’in o’rganilmoqda

Termiz davlat universiteti professor-o’qituvchilari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy o’rta, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi farmoni mazmun-mohiyati fakultetlar kesimida katta qiziqish bilan o’rganilmoqda.
Texnika hamda Fizika-matematika fakultetlari professor-o’qituvchilari ishtirokida bugun tashkil etilgan tadbirda slaydlar yordamida 2018/2019 o’quv yilidan boshlab majburiy umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim umumta’lim maktablarida, jumladan, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat, olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida hamda akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik muddatda, 2019/2020 o’quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o’qishga qabul qilish umumta’lim maktablarining 11-sinflari bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosida, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega bo’lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo’lgan o’qitish muddatlarida amalga oshirilishi munosabati bilan farmonda belgilab qo’yilgan chora-tadbirlar mazmun-mohiyati xususida taqdimot o’tkazildi.27504134_204439633632492_7751342673555008222_o Taqdimot so’ngida joriy yilning 8 fevral kuni universitetdagi barcha akademik guruhlarda o’tkaziladigan “Axborot va murabbiylik soati”da bu to’g’rida yana bir bor talabalarga keng tushunchalar berishga kelishib olindi.