Bosh sahifa / Tadbirlar / Alisher Navoiy haykali qad rostlagan xiyobonda buyuk bobomiz tavalludining 577 yilligiga bag’ishlangan an’anaviy tadbir bo’lib o’tdi.

Alisher Navoiy haykali qad rostlagan xiyobonda buyuk bobomiz tavalludining 577 yilligiga bag’ishlangan an’anaviy tadbir bo’lib o’tdi.

Mamlakatimizning barcha hududlarida bo’lgani kabi viloyatimizda ham so’z mulkining sultoni, ulug’ shoir va mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning tavalludining 577 yilligi keng nishonlanmoqda.
Jumladan, bugun Termiz shahridagi A.Navoiy xiyoboni har qachongidan gavjum bo’ldi. Bu yerga viloyat hokimligi, ijodiy va jamoat tashkilotlari, ma’naviyat, ta’lim-tarbiya, san’at sohasi vakillari, talaba-yoshlar tashrif buyurdi. Unda Termiz davlat universitetining professor-o’qituvchilari va talabalari ham ishtirok etdi.27709803_205692290173893_6965701679420196044_o Tadbirni Surxondaryo viloyat hokimining o’rinbosari Ro’zimurod Choriyev kirish so’zi bilan ochar ekan, buyuk bobomizning umr yo’li, ijodiy faoliyati avlodlar qalbida ibrat va saodat kaliti sifatida mangu yashashini tilab, yig’ilganlarni she’riyat bayrami bilan muborak etdi.27629042_205692450173877_8628586408325984713_o O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi rahbari shoir Mengnor Ollamurod, Navoiy nomidagi davlat stipendianti bo’lgan mahratli murabbiy, Termiz davlat universitetining katta o’qituvchisi Shahnoza Norqulova va boshqalar so’zga chiqishib, Alisher Navoiyning adabiyot, ma’naviyat va ma’rifat, tilshunoslik ravnaqiga qo’shgan ulkan hissasi haqida so’z yuritdilar.27867407_205692373507218_7695698319653501664_n27908079_205692470173875_3622607841487923690_oTadbirda TerDUning O’zbek filologiyasi fakulteti talabalari tomonidan Navoiy g’azallaridan namunalar o’qildi.
Anjuman ishtirokchilari Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo’ydilar.27908303_205692570173865_8348797623109198807_o27913212_205692626840526_8996930803167635030_o27629545_205692316840557_2344958801071688937_o27788236_205692636840525_8225647876527978097_o