Termiz davlat universtiteti, Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo’nalishi talabalari Alisher Navoiy tavalludining 577-yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy-millat g’ururi ” mavzusida o’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir.Termiz davlat universiteti Pedagogika fakulteti dekani M.Mirzayev tadbirni o’z nutqi bilan ochib berdilar.Termiz davlat universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi dots. Sh.Yoqubovning “Alisher Navoiyning Termizda bo’lishi ” ma’ruza tinglanildi Ushbu tadbirda Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi o’qituvchilaridan A. DJo’raqulova, N.Mengliqulova, D.Shabbazova, L.Muxtorova, D.Yoqubova, Z.Amirqulova, N.Normurodova, H.DJumayeva, O.Xolmuminova, S.Bozorov, B.Ismoilov va Pedagogika fakulteti Tasviriy san’at va Musiqiy ta’lim yo’nalishi o’qituvchilari, boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi talabalari qatnashdilar.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Termiz davlat universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi dots. R.Mustafoqulovning “Alisher Navoiy tili va nutq odobi” ma’ruzasi tinglandi.
Tadbirda talabalar faol qatnashib o’zlarining iste’dodlarini namoyon etdilar. Tadbir so’ngida Pedagogika fakulteti dekani M.Mirzayev so’zga chiqib talabalarni bugungi A.Navoiy tavalludining 577-yilligi munosabati bilan tabriklab oilalariga tinchlik xotirjamlik, kelgusi ishlariga omad yor bo’lishin ta’kidladi. Shundan so’ng tadbir oxirida faol qatnashgan talabalar “Faxriy yorliq” va boshqa sovg’alar bilan taqdirlandi.