Bosh sahifa / Tadbirlar / Abadiyatga doxil Navoiy

Abadiyatga doxil Navoiy

Termiz davlat universitetida so’z mulkining sultoni, ulug’ shoir va mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning tavalludining 577 yilligi keng nishonlandi. Barcha fakultetlarda o’tkazilgan ma’rifiy tadbirlar, ijodiy muloqotlar va anjumanlarda buyuk bobokalonimizning adabiyot, ma’naviyat va ma’rifat, tilshunoslik ravnaqiga qo’shgan ulkan hissasi, shuningdek, Alisher Navoiyning boy adabiy merosini o’rganish va targ’ib etishni keng yo’lga qo’yish, talaba-yoshlar qalbi va ongiga Navoiy asarlarining mazmun-mohiyatini, badiiy xususiyatini va tarbiyaviy ahamiyatini chuqur singdirish bilan bog’liq vazifalar haqida so’z yuritildi.
Tadbirlarda Navoiy qalamiga mansub g’azal va ruboiylar yuksak mahorat bilan o’qib eshittirildi, jonli ijro asosida qo’shiq qilib kuylandi. Navoiy ijodiga oid film namoyishlari, turli sahna ko’rinishlari yig’ilganlarda katta qiziqish va o’zgacha taassurot qoldirdi.
12345