Bosh sahifa / Tadbirlar / Bilmak Navoiyni zo’r ma’rifat nishoni

Bilmak Navoiyni zo’r ma’rifat nishoni

So’z mulkining sultoni, ulug’ shoir va mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning tavalludining 577 yilligi munosabati bilan bugun Termiz shahridagi “Yoshlar markazi”da Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz davlat universiteti va boshqa hamkor muassasalar bilan birgalikda “Bilmak Navoiyni zo’r marifat nishoni” mavzusida adabiy-musiqiy tadbir tashkil etildi.1

2 Ijodiy va jamoat tashkilotlari, ma’naviyat, ta’lim-tarbiya, san’at sohasi vakillari, talaba-yoshlar ishtirokida o’tkazilgan anjumanda so’zga chiqqan Termiz davlat universitetining navoiyshunos olimlari jahon adabiyotining ulug’ namoyondalaridan biri sifatida asrlar osha ona yurti va xalqining bo’yi-bastini butun dunyoga ko’z-ko’zlab kelayotgan Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning betakror ijodi, adabiy va ilmiy merosi haqida so’z yuritdilar.34 M.Uyg’ur nomidagi viloyat musiqali drama teatri jamoasi, Termiz davlat universitetining o’zbek filologiyasi fakulteti, Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi hamda Termiz san’at kolleji talabalari tomonidan o’qilgan A.Navoiy g’azallaridan namunalar, mashhur g’azallar bilan aytiladigan qo’shiqlar, buyuk bobokalonimiz asarlari asosida tayyorlangan sahna ko’rinishlari yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi.5 Bunday ma’rifiy tadbirlar, ijodiy muloqotlar va anjumanlar davom etmoqda.