Bosh sahifa / Tadbirlar / Bugun Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Bugun Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Jahon tarixining olamshumul siymolaridan biri, buyuk davlat arbobi, ulug’ sarkarda, benazir shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligi munosabati bilan bugun Termiz shahridagi “Yoshlar markazi”da Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz davlat universiteti va boshqa hamkor muassasalar bilan birgalikda “Nazm va navo” deb nomlangan adabiy-musiqiy tadbir tashkil etildi.27983138_208221043254351_3766287272219716993_o28061210_208220699921052_6288910117570311015_oIjodiy va jamoat tashkilotlari, ma’naviyat, ta’lim-tarbiya, san’at sohasi vakillari, talaba-yoshlar ishtirokida o’tkazilgan anjumanda so’zga chiqqan O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi rahbari shoir M.Ollamurodov, filologiya fanlari nomzodi, Termiz davlat universitetining O’zbek filologiyasi fakulteti dekani M.Hamrayeva va boshqalar Bobur Mirzoning nisbatan qisqa, ammo ko’p qirrali sermazmun, murakkab hayoti va faoliyati davomida bizga qoldirgan beqiyos tarixiy va ijodiy merosi, ul zotning harbiy san’at va davlat boshqaruvidagi mahorati, o’ziga xos dilbar she’riyati haqida so’z yuritdilar.27907483_208220686587720_4323207268733783097_o28071311_208220873254368_279808027235181921_oM.Uyg’ur nomidagi viloyat musiqali drama teatri jamoasi, Termiz davlat universitetining o’zbek filologiyasi hamda tarix fakultetlari, Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi talabalari tomonidan buyuk bobokalonimiz asarlari asosida tayyorlangan sahna ko’rinishlari, Bobur g’azal va ruyuoyilardan namunalar, Termiz san’at kollejining Maqomchilar ansambli tomonidan mashhur g’azallar bilan aytilgan qo’shiqlar yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi.01 1 3