Bosh sahifa / Tadbirlar / “Men o’qidim, sen ham o’qi!” shiori ostida bir kitob mutolaasi va muhokamasi

“Men o’qidim, sen ham o’qi!” shiori ostida bir kitob mutolaasi va muhokamasi

Yangi yil arafasida Termiz davlat universiteti talabalariga bayram sovg’asi sifatida 6 mingdan ziyod turli nomdagi eng sara adabiy-badiiy, o’quv-uslubiy, ilmiy-nazariy, ilmiy-ommabop adabiyotlar keltirilganligi haqida avval xabar bergan edik.
Bugun universitetning Axborot-resurs markazi ertayu kech kitobsevar yoshlar bilan gavjum.27913338_208593016550487_8840083254843476847_oTalabalar mashg’ulotlardan bo’sh vaqtlarini badiiy adabiyot, gazeta-jurnal mutolaa qilishga, ma’rifatli bo’lishga sarflashmoqda. Ular faqat mutolaa qilibgina qolmay, balki o’qiganlari yuzasidan bir-biri bilan o’zaro fikr almashmoqdalar ham.
Tarix fakulteti bir guruh kitobsevar talabalarining kecha o’tkazilgan adabiy muloqoti milliy romanchiligimizning shoh asari hisoblangan “O’tkan kunlar” mutolaasi va muhokamasiga bag’ishlandi.27752051_208593239883798_1364590773319687005_nUnda sevimli adibimiz Abdulla Qodiriy qalamiga mansub mazkur asarning badiiy qimmati, asarda bayon qilingan xalqimizning yaqin o’tmishi, urf-odatlari, an’analaridan so’zlaguvchi, yoshlarni ma’naviy yetuklikka undash barobarida tarixdan saboq olish va ona zaminga munosib farzand bo’lib ulg’ayishga da’vat etuvchi voqealar xususida so’z yuritildi. Ushbu asarni o’qish bilan birga ma’nan uqish, unda bayon qilingan har bir ta’kid va fikrlardan to’g’ri xulosa chiqara bilish ma’rifiy ibrat olish yo’li ekanligi ta’kidlandi.27858627_208593106550478_9089843738590082325_n Kitobsevar talabalar navbatdagi adabiy muloqotgacha xalqimiz tarixi va ma’naviyatining ilk bulog’i bo’lgan “Avesto” kitobini o’qib chiqib, unda bitilgan sharq xalqlarining eng qadimgi tarixi, turmush tarzi, urf-odati va ma’naviy madaniyati xususidagi qimmatli ma’lumotlar haqida o’zaro fikr almashishga kelishib oldilar.