Bosh sahifa / Iste’dodli yoshlar – yurt kelajagi / TerDUning 27 nafar talabasi respublikamizning yetakchi oliygohlarida o’qishni davom ettiradi

TerDUning 27 nafar talabasi respublikamizning yetakchi oliygohlarida o’qishni davom ettiradi

Zamon talabiga mos ravishda ta’lim sifati, mazmuni va samaradorligini oshirib borish uchun nufuzli xorijiy va respublikamizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni rivojlantirib, o’quv jarayoniga ularning malakali olimlarini jalb qilib kelayotgan Termiz davlat universiteti endilikda talabalar almashinuvini ham yo’lga qo’ydi.
Kadrlarni maqsadli tayyorlashni yo’lga qo’yish hamda ilmiy-pedagogik kadrlar salohiyatini oshirish bo’yicha o’rnatilgan kelishuvga muvofiq, 2018 yilning 1 martidan Termiz davlat universitetining 25 nafar talabasi O’zbekiston Milliy universitetida, 2 nafar talabasi A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetida o’qishni davom ettiradi.TerDU rektori A.Toshqulov bugun ushbu yetakchi oliygohlarda matematika, amaliy matematika va informatika, fizika, kimyo, biologiya hamda o’zbek tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishlarida o’qishni davom ettirishga yuborilayotgan 2-va 3-kursi talabalari bilan uchrashdi.28516239_215340035875785_2148691083356022916_oMuloqot chog’ida o’quv mashg’ulotlarida hamisha faol bo’lish, nazariy va amaliy bilimlarni puxta o’zlashtirish, axborot-resurs markazlari faoliyatidan unumli foydalanish, oliy ta’lim muassasalarning ichki tartib qoidalari va odob-axloq me’yorlariga qat’iy rioya etish, Termiz davlat universitetiga qaytganlarida har biri bu to’g’rida taqdimotlar o’tkazishi xususida so’z yuritildi. Talabalarga biriktirilgan mas’ul professor-o’qituvchilarga ham tegishli vazifalar, ko’rsatmalar berildi.28515866_215340042542451_5747335153655934249_o