Bosh sahifa / Uncategorized / TerDU ayol professor-o’qituvchilari va ishchi-xodimlari uchun bayram dasturxoni yozildi

TerDU ayol professor-o’qituvchilari va ishchi-xodimlari uchun bayram dasturxoni yozildi

Ayollarni, qizlarni bahorga qiyoslashadi, bahorni esa ularga. Go’zallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uyg’unlashib ketadi. Shu bois ham, bahor fasli kelishi bilan insonlar qalbida ajoyib bir go’zallik, iliqlik kurtak yoza boshlagan, tabiat uyg’onib, borliq yashillikka burkanayotgan, bog’-u rog’larda turfa gullar ochilib, ulardan taralayotgan xushbo’y ifor bahri dilni yayratayotgan ayni kunda Termiz davlat universitetining barcha ayol professor-o’qituvchilari va ishchi-xodimlari uchun bayram dasturxoni yozildi.28827201_217982375611551_4556091178433130935_o8 mart – xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Termiz shahridagi muhtasham “Istiqlol” to’yxonasida o’tkazilgan bayram tadbiriga 600 nafardan ziyod ayol professor-o’qituvchilar va ishchi-xodimlar, shuningdek, oliygohdan nafaqaga kuzatilgan 50 nafardan ziyod faxriy onaxonlar taklif etildi.28699164_217982148944907_8787597660701850395_oMuhtaram yurtboshimiz hamda viloyatimiz hokimining barchaga birdek ko’rsatayotgan e’tiboridan ruhlangan holda universitetning ayol ishchi-xodimlariga ham xuddi professor-o’qituvchilarga bo’lgani kabi e’zozu ehtirom ko’rsatildi shu kuni. Bayram tadbiriga kelish imkoni bo’lmagan faxriy onaxonlarning uylariga borilib, ayyom bilan qutlandi, sovg’a-salomlar ulashildi.
Tantanali tadbirda universitet rektori Abduqodir Toshqulov yig’ilganlarni bayram bilan samimiy qutladi. – “Ulug’ donishmandlar Vatanga eng munosib ta’rif izlaganda, uni Ona siymosiga qiyos etganlarida katta ma’no bor.28514660_217982118944910_5236751584865464315_o Dunyoda “muqaddas” degan so’zga eng munosib zot ham – Onadir. Onani e’zozlash – bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga ko’tarilgan fazilat. Chunki ayollarni qancha ulug’lasak, hayotimizning chirog’i, umrimizning guli deb e’zozlasak, demakki, oilamizni, Vatanimizni e’zozlagan bo’lamiz”, deya e’tirof etib, barchaga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlariga fayzu baraka tiladi.28701071_217982138944908_4560136375131703334_oKo’tarinki ruhda o’tgan tadbirda katta bayram kontsert dasturi namoyish etildi. Turli qiziqarli o’yinlar, hazil-mutoyibalar, dilrabo raqslar, “Jayhun” folklor etnografik jamoasi ijrosidagi Vatanni, onani, ayolni madh etuvchi kuy-qo’shiqlar barchaga quvonch ulashdi.1 202 3 4