Bosh sahifa / Tadbirlar / Viloyat hokimi va prokurorining TerDUga tashrifi: ta’limga e’tibor – ezgulikka poydevor

Viloyat hokimi va prokurorining TerDUga tashrifi: ta’limga e’tibor – ezgulikka poydevor

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, viloyat prokurori O’ktam Saidov ayni kunda Termiz davlat universitetida 4 oylik kasbiy tayyorgarlik o’quv kurslariga jalb qilingan viloyatimizdagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyachilari va amaliyotchi-psixologlari hamda ularga dars mashg’ulotlarini o’tayotgan universitetning professor-o’qituvchilari bilan uchrashuv o’tkazdi.28827198_218066872269768_7078923453378746642_o (1)Uchrashuvda viloyat hokimi yaqin-yaqingacha vohada yagona Termiz davlat universiteti faoliyat olib borgan bo’lsa, mamlakatimiz rahbari Sh. Mirziyoyevning viloyatimizga tashriflari chog’ida bergan takliflari asosida hozirda ular soni 7 taga ortgani yoshlarning oliy ta’lim olishga bo’lgan huquqlarini ta’minlash, ularning orzu-istaklarini ro’yobga chiqarishda muhim omil bo’lganligini ta’kidladi. Termiz davlat universitetida pedagogika yo’nalishlari bo’yicha maxsus sirtqi bo’limning ochilib, hozirda unda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatib, tegishli sohada faoliyat olib borayotgan 1400 nafarga yaqin mutaxassislar tahsil olayotgani, bu esa ularga ilmiy darajasini oshirish, ya’ni oliy ma’lumotli bo’lish imkonini berganligi e’tirof etdi.28514476_218067082269747_1964758589517060540_oE.Turdimov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bugun maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlar haqida to’xtalar ekan, 2018 yilning fevral oyidan respublikamiz, xususan, viloyatimizdagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarining 725 nafar tarbiyachilari va amaliyotchi-psixologlari uchun TerDUda 4 oylik kasbiy tayyorgarlik o’quv kurslari yo’lga qo’yilgani, ikkinchi mutaxassislik bo’yicha kasbiy tayyorgarlikdan o’tgan bu tarbiyachilar va amaliyotchi-psixologlar endilikda maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi lavozimida ham ishlash vakolatiga ega bo’lishlarini mamnuniyat bilan izhor etdi.28616723_218067642269691_8723825424193829835_oTizimdagi bu o’zgarishlar barchamizni yanada ko’proq izlanishga va mehnat qilishga, zamon talabiga mos ravishda ta’lim sifati va samaradorligini oshirib borishga undashi kerakligi, bugungi rivojlanish va islohotlar jarayoni, iqtisodiyot tarmoqlarining joriy va istiqboldagi ehtiyojlari ta’lim-tarbiya sohasiga yangicha yondashuvni, kadrlar tayyorlashni sifat jihatidan yuqori pog’onaga ko’tarishni taqozo etayotganligini ta’kidlar ekan, Prezidentimiz tomonidan bugun soha vakillariga qo’yilayotgan talablar, universitet professor-o’qituvchilari hamda bu yerda kasbiy tayyorgarlikdan o’tayotgan maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari va amaliyotchi-psixologlari oldida turgan dolzarb vazifalar, innovatsion texnologiyalar hamda zamonaviy uslublarning ta’limning sifat va samaradorligini oshirishdagi ahamiyati haqida batafsil so’z yuritdi.28617021_218067325603056_1198633594468076294_oUchrashuvda viloyat prokurori O’.Saidov har qanday davlat va jamiyat rivojida insonlarning bilimi va malakasi muhim o’rin tutishini ta’kidlar ekan, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning qonunchilik normalari, uzluksiz ta’limning ajralmas qismi bo’lgan huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya masalalari xususida to’xtaldi.28701632_218067278936394_8082581602607937598_o28619135_218067665603022_2963860847650210728_oTashrif davomida mehmonlar 190 mingdan ortiq kitob fondiga ega, ularning 40 mingdan ortig’i elektron shakldagi adabiyotlar bo’lgan universitet Axborot-resurs markazida ham bo’lishib, bu yerda talabalarning kitob o’qishga bo’lgan qiziqishini kuchaytirish, ularning mashg’ulotlardan bo’sh vaqtlarini badiiy adabiyot, gazeta-jurnal mutolaa qilish, ma’rifatli bo’lishga sarflashini rag’batlantirish maqsadida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.28795224_218067725603016_4475348943556128020_n28514521_218067788936343_4896064738943660860_oYosh kitobxonlar bilan samimiy suhbatlashdilar, taklif va tavsiyalarini berdilar. Zero, bu yoshlar ertangi kun egalari, kelajak poydevorlari hisoblanadilar.28616829_218067875603001_8540406418457389323_oViloyat hokimi va viloyat prokurorining universitetga tashrif buyurib, ularni har tomonlama yetuk, barkamol shaxs bo’lib voyaga yetishlari, ta’lim-tarbiya olishlari hamda yuksak axloqli bo’lishlari uchun shu tariqa qayg’urishi, millat va Vatan taqdirini o’ylashi – xalqning ertangi yorug’ kunini barpo etmoq uchun qilinayotgan ezgu ishlar poydevori demakdir.