Bosh sahifa / Tadbirlar / “Dunyo ko’ksidagi yuraksan ayol!”

“Dunyo ko’ksidagi yuraksan ayol!”

Quyoshning iliq nurlari ostida ona tabiat uyg’onib, ilk yashil kurtaklar nish urayotgan bahorning dastlabki kunlaridan bayramlarni nishonlash boshlanadi. Dastlabki bayram – aziz ayollarimiz bayramidir.
Termiz davlat universitetida ham ushbu bayram keng tantana qilinmoqda. Fizika-matematika fakultetida o’tkazilgan madaniy – ma’rifiy tadbirda so’zga chiqqanlar ishtirokchilarni zgulik va go’zallik bayrami – 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan qutlashdi.28514907_218505718892550_5312322700380182666_o28796144_218505715559217_7747909483204632167_nShundan so’ng fakultetning 5 ta ta’lim yo’nalishi talabalaridan iborat tarkibda tuzilgan beshta jamoa o’rtasida bellashuvlar bo’lib o’tdi. Unda jamoa a’zolari turli shartlar bo’yicha o’z iqtidorlarini namoyish etdilar.1 2 3 4Turli qiziqarli sahna ko’rinishlari, hazil-mutoyibalar, dilrabo raqslar, Vatanni, onani, ayolni madh etuvchi kuy-qo’shiqlar barchaga quvonch ulashdi.