Bosh sahifa / Tadbirlar / “Men oftobga alishmagan ayollar!”

“Men oftobga alishmagan ayollar!”

Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo’lib kelgan. Ayol deganda esa ko’z o’ngimizda avvalo, ulug’ va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot siru-asrorlari va saboqlarini onaning mehru-saxovati tufayli o’rganadi. Shu bois ham har yili 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kunini keng tantana qilamiz. Mehribon onajonlarimizni, munis ayollarimizni, lobar qizlarimizni hayotimizning chirog’i, umrimizning guli deb e’zozlaymiz.
Termiz davlat universitetida ham ushbu bayram katta shodiyonalar bilan qarshi olinmoqda. Xususan, O’zbek filologiyasi hamda Jismoniy madaniyat fakultetlarida tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbirda mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ayollarning jamiyatdagi o’rni va roliga yuqori baho berilayotganligi, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilinayotganligi, xotin-qizlarimizga oila tayanchi, millat tarbiyachisi sifatida ehtirom ko’rsatilayotganligi haqida so’z yuritildi.28700798_218885555521233_2210116545085524672_o28618983_218885568854565_1410899063181209453_oShundan so’ng fakultetlar talaba qizlar turli shartlar bo’yicha bellashdilar. Tadbir shartlari orqali qizlarning epchilligi va chaqqonligi, iqtidori hamda iste’dodi kashf etildi. Uning yakunida g’oliblarga faxriy yorliq va bayram sovg’alari topshirildi.
1 2 3 4