Bosh sahifa / Tadbirlar / Sizga ta’zim, sizga ehtirom!

Sizga ta’zim, sizga ehtirom!

Bahor – ayollar kabi go’zal va tarovatli fasl. Bejiz uni fasllar kelinchagi deyishmaydi. 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni yaqinlashgani sari bahor kirib kelganini yanada to’laroq, yanada yurakdan his qilamiz. Kimdir onasi, yana kimdir vafodor turmush o’rtog’i, opa-singlisi, ustozi, kursdoshi, qo’yingki o’zi tanigan-bilgan nozik hilqat vakillarini tabriklashga, bir og’iz shirin so’z bilan ko’nglini olishga oshiqadi.
Termiz davlat universitetida ham shu kunlarda bayram shodiyonasi hukmron.Barchaning mehr to’la ko’zlarida quvonch, chehralarida hayajon barq urgan. Aynan ularning o’gitlari, saboqlari bilan dunyoni anglayotgan minglab talabalar ayol ustozlarini, fidoyi ustozlar esa bir-birlarini kasb bayrami bilan qutlashgan, qalblarida shukronalik va mamnunlik tuyg’ulari ufurgan. Igna bilan quduq qazishdek mashaqqat bilan har bir o’g’il-qizga ilm o’rgatishning zahmatini bugun unutishgandek go’yo.Fakultetlarda esa Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan turli madaniy-ma’rifiy tadbir, ijodiy uchrashuvlar o’tkazilmoqda.28782629_218921002184355_2376374192168717381_nXususan, Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetida tashkil etilgan tadbirda so’zga chiqqanlar o’zining latofati, nafosati, vafo va sadoqati, qalb saxo-vati hamda fidoyiligi bilan oilani, jamiyatni charog’on qilib kelayotgan xotin-qizlarimiz har qancha e’zoz va ehtiromga munosibligi, 8 mart sanasining har yil mamlakatimiz bo’ylab keng nishonlanishida nazokatli opa-singillarimizga bo’lgan alohida e’tibor va hurmat namunasi ekanligini e’tirof etishdi. dir.
Tadbir davomida talaba qizlar turli shartlar bo’yicha bellashdilar.28577026_218921132184342_8178852591985035147_nUlar turli shartlar orqali epchilligi va chaqqonligi, iqtidori hamda iste’dodini namoyon etishdi. Ijro etilgan kuy-qo’shiq va raqslar bayramga o’zgacha fayz va shukuh baxsh etdi. Uning yakunida g’oliblarga faxriy yorliq va bayram sovg’alari topshirildi.