Bosh sahifa / Tadbirlar / SURXONDARYO VILOYATI VA TOJIKISTONNING XATLON VILOYATI O’RTASIDAGI “GULBAHOR” CHEGARA NAZORAT O’TKAZUV PUNKTI FAOLIYATI QAYTA TIKLANDI

SURXONDARYO VILOYATI VA TOJIKISTONNING XATLON VILOYATI O’RTASIDAGI “GULBAHOR” CHEGARA NAZORAT O’TKAZUV PUNKTI FAOLIYATI QAYTA TIKLANDI

Bugun Surxondaryo viloyati va Tojikistonning Xatlon viloyati Shahritus tumani o’rtasidagi “Gulbahor” chegara nazorat o’tkazuv punktining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. O’zbekiston va Tojikiston Respublikalarining davlat bayroqlari bilan bezatilgan o’tkazuv punktidagi tantanali tadbirda har ikkala tomondan viloyat hokimliklari, urush va mehnat faxriylari, jamoatchilik vakillari, chegara hududidagi mahallalarda istiqomat qilayotgan aholi vakillari ishtirok etdi. Tadbirda Termiz davlat universitetidan oliygoh rektori A.Toshqulov boshchiligida 200 nafarga yaqin professor-o’qituvchilar va talabalar ham qatnashdi. Karnay-surnay sadolari ostida “Gulbahor” avtomobil o’tkazish punktidagi to’siq ochilib, qo’shni Tojikiston delegatsiyasi O’zbekiston hududiga kirib keldi. Mehmonlar o’zbekona mehmonnavozlik, non-tuz bilan kutib olindi.
Tadbirda O’zbekiston va Tojikiston Prezidentlarining sa’y-harakati bilan tarixi, kechmishi, taqdiri bir bo’lgan ikki xalq o’rtasidagi sun’iy to’siqlarning olib tashlanishi Hazrat Mir Alisher Navoiy va mavlono Abdurahmon Jomiy asarlarida tarannum etilgan buyuk do’stlik abadiy ekanligining amaliy isboti bo’lganligi ta’kidlandi. Bu do’stlik ikkala mamlakatning ham har tomonlama rivojlanishiga xizmat qilishi e’tirof etildi. O’zbek va tojik kuy-qo’shiqlari, jozibali raqslar ijro etildi.
O’zbekistonliklar ham Xatlon viloyati Shahritus tumani chegara nazorat o’tkazuv punktida karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi. Bu yerda ham tantanali tadbir bo’lib o’tdi. O’zbek va tojik san’atkorlari ijrosidagi kuy-qo’shiqlar bayramga o’zgacha fayz bag’ishladi.

FOTO LAVHALAR

1 2 3 6547 8 9 10