Bosh sahifa / Tadbirlar / TerDU jamoasi “MEGA SPORT” musobaqasining viloyat bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritdi

TerDU jamoasi “MEGA SPORT” musobaqasining viloyat bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritdi

Xabaringiz bor, mamlakatimizda yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, mega sportni ommalashtirish va ularning bo’sh vaqtini unumli o’tkazish maqsadida har yili “Biz chempion” shiori ostida yo’l to’sig’idan o’tish bo’yicha jamoalar va individual ishtirokchilar o’rtasida “MEGA SPORT” musobaqasi o’tkazib kelinadi.
Kecha Termiz sanoat va transport kasb-hunar kollejida mazkur musobaqaning viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.1 2 3 4Viloyatimizning sportga qiziquvchi barcha yoshlarini qamrab olgan ushbu bellashuvda Termiz davlat universiteti talabalaridan iborat jamoa ham faol ishtirok etib, “Yosh alpinistlar”, “Yosh polvonlar”, “Dorboz”, “Mashaqqat to’sig’i” hamda yugurish shartlari bo’yicha mahorat va matonatlari, epchil va chaqqonliklarini sinovdan o’tkazdilar.5 6 7 8 9Musobaqa yakuniga ko’ra, Termiz davlat universiteti jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritib, shohsupaning birinchi pog’onasidan joy oldi. Jamoa a’zolari endilikda “MEGA SPORT” musobaqasining Respublika bosqichida qatnashib, viloyatimiz sharafini himoya qiladilar.