Bosh sahifa / Tadbirlar / Shashka bo’yicha O’zbekiston chempionatida TerDU talabasi oltin medalni qo’lga kiritdi

Shashka bo’yicha O’zbekiston chempionatida TerDU talabasi oltin medalni qo’lga kiritdi

2018 yilning 1-7 mart kunlari Samarqandda 64 katakli shashka bo’yicha O’zbekiston chempionati bo’lib o’tdi. Chempionatda yurtimizning barcha viloyatlaridan kelgan yosh shashka ustalari o’z mahoratlarini namoyish etishdi.28872823_219507315459057_6924582373258428416_n Unda Termiz davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakulteti 2-kus talabarsi azRamon Xudoynazarov ham ishtirok etib, 7 ta bellashuv o’tkazdi. Qizg’in kechgan bahslarda talabamiz raqiblari – 9 nafar sport ustaligiga nomzod, 3 nafar sport ustasi, 2 nafar grossmeysterni katta ustunlik bilan mag’lubiyatga uchratib, g’oliblik shohsupasining eng yuqorisidan joy oldi. Oltin medal hamda sport ustasi unvoni bilan taqdirlangan Ramazon Xudoynazarov endilikda Toshkent shahrida o’tkaziladigan 64 katakli shashka bo’yicha jahon chempionatida mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.
Erkaklar o’rtasida 64 katakli shashkaning klassika yo’nalishi bo’yicha O’zbekiston chempioni R.Xudoynazarov bugun viloyatimizga qaytib keldi.28872426_219507462125709_3432160979582976000_n28684841_219507435459045_2708047094253355008_n Termiz temir yo’l vokzalida emchpionni uning o’qituvchi-murabbiylari, oila a’zolari va yaqinlari munosib kutib olishdi.