Bosh sahifa / Tadbirlar / TerDU boshqaruv apparati xodimlarining navbatdagi sayyor yig’ilishi navro’z bayrami bo’lib o’tadigan majmuada o’tkazildi

TerDU boshqaruv apparati xodimlarining navbatdagi sayyor yig’ilishi navro’z bayrami bo’lib o’tadigan majmuada o’tkazildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 yilgi Navro’z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi qaroridan kelib chiqib viloyatimiz hokimining tashabbusi bilan bu yilgi bayram tantanalari Termiz tumanidagi “Otchopar” majmuasida, shahar va tumanlarimiz markazlaridagi istirohat bog’larida, mahallalarda va qiru-adirlarda sayil tarzida munosib nishonlanadi. Shu kunlarda esa ushbu bayramni har galgidanda yuksak saviyada, shodu xurramlik bilan qarshi olish maqsadida qizg’in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Kecha Termiz davlat universiteti rektori huzuridagi boshqaruv apparati xodimlari ishtirokida Termiz tumanidagi “Otchopar” majmuasida o’tkazilgan navbatdagi kengaytirilgan yig’ilishda Navro’z bayrami tantanalariga tayyorgarlikning borishi muhokama etildi.28619429_219113878831734_2578719143010134882_oXususan, belgilangan hududda obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish, universitet tomonidan yasaladigan qo’rg’on o’tovida boqiy qadriyatlarimiz namunasini aks ettirish, bayram dasturxonlarini Navro’z taomlari bilan bezatish, bayram saylida “Jayhun” folklor-etnografik jamoasi chiqishining jo’shqinligini ta’minlash, xalq o’yinlari, turli sport musobaqalarida sportchi talabalarning faolligini oshirish, Navro’z kunlarida yordamga muhtoj insonlar, keksalar, nogironlar va kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olish, ularga beg’araz ko’mak berish, jamiyatda o’zaro hurmat, do’stlik va hamjihatlikni kuchaytirishga qaratilgan savob ishlar, xayriya tadbirlari va ommaviy hasharlarni amalga oshirish, Navro’z munosabati bilan atrof-muhitni, ona zaminni asrab-avaylashga, bugungi tinch, erkin va farovon hayotni qadrlab, uni himoya qilib yashashga chorlaydigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilish bilan bog’liq vazifalar ijrosi tahlil qilinib, universitet rektori Abduqodir Toshqulov tomonidan mutasaddilarga tegishli ko’rsatmalar berildi.28828578_219113965498392_2544877617456785785_o28619254_219113882165067_8935803225597944748_oSayyor yig’ilish so’ngida o’zbekona an’ana – doshqozonda osh damlanib, “barchamiz orziqib kutgan bu ayyom yurtimizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin”, deya niyat qilindi.28616884_219114128831709_6413564726308371041_o28617136_219114172165038_7905019825551986396_o