Bosh sahifa / Tadbirlar / TerDUda Yaponiyaning Rissyo universiteti vakillari bilan uchrashuv

TerDUda Yaponiyaning Rissyo universiteti vakillari bilan uchrashuv

Tarixdan ma’lumki, buddizm miloddan avvalgi birinchi ming yillik oxirlarida Markaziy Osiyoni o’z ichiga olgan Kushon imperiyasiga kirib kelgan. Eski Termiz buddizm ta’limoti va marosimlarini ishlab chiqishda, boshqa o’lkalar, mamlakatlarda targ’ib va tashviq etishda, eng muhimi, buddizmning hozirgi zamonning ilg’or jahon dinlaridan biriga aylanishida favqulodda ahamiyatga ega markazlari bo’lgan. Bu yerdan topilgan Shakyamuni sanamlari, hayvon haykalchalari, ramziy g’ildiraklar va stupa qoldiqlaridan Kushon imperiyasida buddizmga katta ahamiyat berilganini anglash mumkin.
Yaponiyaning Tokio shahrida joylashgan Rissyo xususiy universiteti buddizm ta’limotini o’rganishga ixtisoslashgan. Tarix fanlari doktori, professor Ishamoto Atsushi boshchiligidagi mazkur universitet vakillarining Termizga tashrifidan ko’zlangan maqsad bu yerdagi buddizmga tegishli tarixiy obidalarni o’rganish, O’rta Osiyo hududidagi birinchi aniqlangan va katta ahamiyatga molik buddizm inshooti bo’lgan Eski Termiz sharqidagi Zurmala yodgorligini arxeologik tadqiq etish va saqlashdan iborat.
Termiz davlat universitetida o’tkazilgan uchrashuvda ushbu yodgorlik strukturasini zamonaviy texnologiyalardan biri bo’lgan maxsus radar yordamida aniqlash, yer tuzilishini o’rganish va uni asl holicha saqlab qolishda TerDU hamda Termiz arxeologiya muzeyining malakali ilmiy29026157_220062295403559_3182074637483769856_n mutaxassislarini jalb qilish, shuningdek, Rissyo universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish va uni rivojlantirish, talabalarning magistratura, tadqiqotchilarning doktorantura dasturlari bo’yicha o’qishlarini tashkil etish, o’qituvchilarning malaka oshirishi, stajirovka o’tashini yo’lga qo’yish, ilmiy ishlar himoyasi va maqolalar chop etilishini rag’batlantirish, yuqori malakali o’qituvchilar va olimlarni jalb etish masalalari yuzasidan kelishuvga erishildi.28958998_220062842070171_6057658922666295296_o