Bosh sahifa / Tadbirlar / Termiz Davlat Universitetining 2-bosqich magistranti Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Termiz Davlat Universitetining 2-bosqich magistranti Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Xabaringiz bor, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 7 martdagi qaroriga muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan bir guruh iqtidorli qizlar a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o’qishdagi muvaffaqiyatlari hamda adabiyot, madaniyat, san’at, ta’lim va sport sohalaridagi alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.bayrams8Mukofotlanganlar orasida Termiz davlat universitetining 2-bosqich magistranti, O’zbekiston yoshlar ittifoqining Surxondaryo viloyati kengashi qoshidagi «Salomatlik va ekologiya» markazi rahbari Sahiyeva Matluba Toshpo’lat qizi ham bor.28783352_219534998789622_9001268209847894016_nTermiz davlat universiteti jamoasi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori M.Sahiyevani faxr, iftixor va sharaf tuyg’ulariga yo’g’rilgan ushbu yuksak e’tirof bilan qutlab, o’qish va ishlarida rivoj, yorqin iste’dodi va ijodiga barkamollik tilaydi!28870508_219535028789619_3321245802805854208_n