Bosh sahifa / Tadbirlar / TerDU rektorining Termiz shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasi va umumiy o’rta ta’lim maktabi bilan hamkorligi

TerDU rektorining Termiz shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasi va umumiy o’rta ta’lim maktabi bilan hamkorligi

Xalqimiz – bolajon. Farzandlari o’zidan o’zishini, har tomonlama rivojlangan, barkamol bo’lib ulg’ayishini niyat qilib yashaydi. Shu kunlarda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizdagi maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani zamirida ham ana shu ezgu orzu-umidlarimiz mujassam.
Pedagogika fakultetining maktabgacha ta’lim yo’nalishi talabalari, professor-o’qituvchilari bilan birgalikda Termiz shahridagi 4-MTMga tashrif buyurgan Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov muassasadagi musiqa va raqs, sport zallari, shaxmat-shashka, ovqatlanish, tibbiyot, maktabga tayyorlov guruhi va kichik yoshdagi guruhlar uchun mashg’ulot xonalari, yotoqxonalar, o’yin maydonchalarida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.28871937_220171438725978_5939549259056545792_oTalabalarga maktabgacha ta’lim muassasalarida bola shaxsini rivojlantirishga qo’yiladigan davlat talablarining asosiy yo’nalishlari to’g’risida so’zlab berildi.28951459_220171542059301_5797984173452951552_o28783657_220171725392616_6982443421050863616_o O’z navbatida talabalar ertak qahramonlari qiyofasini aks ettirgan qo’g’irchoqlar yordamida qiziqarli voqealar va mo’’jizalarga boy ertak-spektakl bilan bolajonlarni bilan xushnud etdilar.28795149_220171648725957_3514525107856867328_n28795901_220171705392618_1240230235455094784_nTerDU rektorining 15-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’quvchilar va o’qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.28870163_220171418725980_4253220089328828416_oTanishuvlar yakunida MTM va umumiy o’rta ta’lim maktabi ma’muriyati bilan universitetning ilmiy salohiyatini safarbar qilgan “Mahorat darslari”ni tashkil etish, o’quv va ilmiy-metodik hamkorlik qilishga kelishib olindi.