Bosh sahifa / Tadbirlar / TerDU talabalarining Termiz arxeologiya muzeyiga sayohati

TerDU talabalarining Termiz arxeologiya muzeyiga sayohati

Termiz davlat universitetida 2017 yilning 4 dekabridan 2018 yilning 31 mayiga qadar barcha akademik guruh talabalarining Termiz arxeologiya muzeyiga sayohati rejasi ishlab chiqilgan bo’lib, shu asosda hozirda talabalar darsdan bo’sh vaqtlarida murabbiylari hamrohligida arxeologiya muzeyiga tashrif buyurishmoqda. Bu esa ularga Vatanimiz tarixi haqida chuqur ma’lumot berishga, tarixga qiziqishlarini orttirishga, ayniqsa talabalar qalbida Vatanga bo’lgan muhabbatni dildan his qilishga yordam bermoqda.29066710_221461658596956_4512583844255236096_nKuni kecha Termiz arxeologiya muzeyiga sayohat qilgan Tarix, Chet tilar hamda Pedagogika fakultetining bir guruh iqtidorli talabalari vohamiz tarixi, ajdodlarimiz hayot tarzi, an’ana va urf-odatlaridan guvohlik beruvchi minglab osori-atiqalar, tarixiy ashyolarni zo’r qiziqish bilan tomosha qildilar.29063147_221461681930287_5263529575693942784_oMuzeyda saqlanayotgan, noyobligi, ilmiy tadqiqotlar uchun manba bo’la olishi bilan qadrli bo’lgan barcha arxeologik topilmalar haqida ularga keng ma’lumotlar berildi.29102076_221461888596933_759063163793571840_n29063407_221461778596944_2904775923762987008_n