Bosh sahifa / Tadbirlar / TerDU talabalari “Gold Agro Fresh” agrofirmasida

TerDU talabalari “Gold Agro Fresh” agrofirmasida

2018 yilning 12 mart kuni Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetining bir guruhi iqtidorli talabalari qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni eksport qilishga ixtisoslashgan Termiz tumanidagi “Gold Agro Fresh” agrofirmaga sayohat uyushtirishdi.29133833_221925755217213_8393311873952382976_o Sayohat asnosida talabalar agrofirma issiqxonalarida yetishtirilayotgan pomidor, gulkaram, brokkoli, rukkolo, yalpiz va boshqa sabzavotlarni parvarishlash, saralash, yig’ib olish, eksportga tayyorlash jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.29196901_221925295217259_8541968367173500928_oAgrofirma mutaxassislari yoshlarga bu yerda yetishtiriladigan mahsulotlarning asosiy xaridori bo’lgan xorijiy davlatlar, bu mahsulotlar eksportga nafaqat yangi uzilgan, balki qadoqlangan va muzlatilgan holda ham yuborilayotgani, shuningdek, agrofirma tomonidan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili”da amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli loyihalar haqida so’zlab berdilar.29186730_221925525217236_8093577088595918848_o29136564_221925535217235_3968460416119472128_o29177332_221925255217263_5266406843005009920_o