Bosh sahifa / Tadbirlar / AQShning O’zbekistondagi elchixonasi vakillari Termiz davlat universitetida

AQShning O’zbekistondagi elchixonasi vakillari Termiz davlat universitetida

Ma’lumki, O’zbekiston va AQSh o’rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar hamda xavfsizlikni ta’minlash sohalaridagi hamkorlik so’nggi yillarda izchil rivojlanib, yangi mazmun bilan boyib bormoqda. Ayniqsa, ta’lim sohasida o’rnatilgan ikki tomonlama hamkorlik shu kunlarda izchil taraqqiy etib bormoqda.
Xususan, bugun Termiz davlat universitetiga AQShning O’zbekistondagi elchixonasi II kotibi, jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha vakil Jon Braun boshchiligidagi delegatsiya a’zolarining tashrif buyurishi hamda davlatlarimiz o’rtasidagi ta’lim almashinuviga oid qator loyihalar yuzasidan universitet professor-o’qituvchilari va iqtidorli talabalari ishtirokida uchrashuv o’tkazilishi bu boradagi hamkorlik ko’lami yanada kengayib borayotganidan dalolat beradi.29216354_222682178474904_8970321832313880576_o29186719_222682318474890_3367339945877307392_o Uchrashuvda talabalar va tadqiqotchilarga AQShda ta’lim olish, stajirovka o’tash, malaka oshirish imkonini beradigan keng miqyosli ta’lim almashinuv dasturlari, xususan, 1, 2, va 3-kurslarda tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan, AQShning oliy o’quv yurtlarida va kollejlarida bakalavr yoki magistrlik darajasini bermaydigan 6 oylik kurslar; bakalavr darajasini beradigan UGRAD, Magistratura talabalari va yosh mutaxassislarga ikki yilgacha bo’lgan muddat davomida AQSHda tahsil va magistr darajasini olish, tajribali olimlarni esa AQSh universitetlarida bir o’quv yiligacha bo’lgan muddatga ilmiy tadqiqotlar olib borish imkonini beruvchi Fulbrayt, Ingliz tili o’qituvchilariga o’z kasb mahoratlarini oshirishga imkon yaratadigan T-program dasturlari haqida batafsil tushunchalar berildi.29177445_222682715141517_911267325770989568_o29178129_222682148474907_2552283426589769728_oTalabalar va professor-o’qituvchilar AQShning O’zbekistondagi elchixonasi vakillariga ingliz tilida o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojat qilishdi.29177081_222682448474877_4016673103349284864_o 29244300_222682671808188_1060356180464893952_oUchrashuv yakunida ta’lim sohasidagi aloqalarni qo’shma tadbirlar, ilmiy-amaliy anjumanlarni o’tkazish va amaliyotchilarni o’zaro almashish orqali faollashtirishga kelishib olindi.
AQShning O’zbekistondagi elchixonasi vakillari universitet talabalariga ta’lim almashinuviga oid loyihalar aks etgan tarqatma materiallar va jurnallarni taqdim etishdi.29187185_222683168474805_8134026772762066944_oO’z navbatida mehmonlarga ham bayram sovg’alari topshirildi.29196154_222683091808146_159161966047264768_o