Bosh sahifa / Tadbirlar / TERDU: HASHAR – OZODALIK, HAMJIHATLIK VA BUNYODKORLIK RAMZI.

TERDU: HASHAR – OZODALIK, HAMJIHATLIK VA BUNYODKORLIK RAMZI.

Mamlakatimizda joriy yilning 18-19 mart kunlari o’tkazilishi rejalashtirilgan umumxalq xayriya hasharining birinchi kuni Termiz davlat universitetida ham uyushqoqlik bilan o’tkazilmoqda. Unda oliygohning 800 nafardan ziyod professor-o’qituvchilar va ishchi-xodimlari, 5000 nafardan ortiq talabalari faol ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, Termiz shahrida yangi tashkil etilayotgan “Navro’z” madaniyat va istirohat bog’ida 200 nafardan ziyod professor-o’qituvchi va 1500 nafar talaba istirohat bog’ida obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirayotgan bo’lsa, yana bir guruh professor-o’qituvchilar Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov boshchiligida Muzrabot tumanidagi Al Hakim at-Termiziy mahallasida yurishib, fuqarolarni o’z tomorqalaridan samarali foydalanish bo’yicha targ’ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirishmoqda.
Aytish kerakki, o’tkazilayotgan ozadalik tadbirida hududlar tartibga keltirilib, ariqlar, ko’chalar va yo’laklar tozalanmoqda, dov-daraxtlarni oqlash va butash ishlari amalga oshirilmoqda. Qolaversa, ijtimoiy yordamga muhtoj, ehtiyojmand, nogiron, kam ta’minlangan va boquvchisini yo’qotgan oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko’maklashilmoqda.

FOTO LAVHALAR

1 2 3 4 5 6 7 8 109 1211 13 14 15 16 29313460_224419438301178_2685125450795057152_n 29339718_224419588301163_2018585176866553856_n 29342806_224419528301169_5840663452451864576_n29366044_224418704967918_8891275106714648576_o (1)