Bosh sahifa / Tadbirlar / TERDUDA BUYUK SOHIBQIRON TAVALLUD KUNI KENG NISHONLANDI

TERDUDA BUYUK SOHIBQIRON TAVALLUD KUNI KENG NISHONLANDI

Bugun Termiz davlat universitetining barcha fakultetlarida buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 682 yilligi munosabati bilan “Ajdodlarga munosib voris bo’laylik!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazildi.30440743_234763890600066_3831982087917797376_oXususan, Tarix, Pedagogika, O’zbek filologiyasi, Texnika, Fizika-matematika fakultetlari hamda Axborot-resurs markazida tashkil etilgan tadbirlarda so’zga chiqqanlar Amir Temur bobomizning ibratlihayoti, adolatparvarlikka yo’g’rilgan faoliyati, jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga qo’shgan hissasi haqida so’z yuritishdi.“Temur tuzuklari”da ilgari surilgan ezgu g’oyalarga oid ma’ruzalar tinglandi.30572149_234763830600072_1480211210996547584_o30440987_234763957266726_3239495485488103424_o 30572006_234764227266699_5338523656052015104_o 30581646_234763963933392_6301107517363585024_n30531021_234764083933380_1871222078686887936_nTalabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishlarida buyuk bobokalonimiz obrazi Vatanini yuksak qadrlaydigan, o’z xalqiga g’amxo’r, uning himoyasiga hamisha tayyor, jasur va adolatparvar shaxs sifatida gavdalantirildi.30441349_234763987266723_2816539149266321408_n 30531524_234763907266731_7381288777240543232_nTalabalar ijrosidagi mardlikni, jasorat, ona Vatanni madh etuvchi kuy-qo’shiqlar, dilrabo raqslar yig’ilganlar ko’nglini shod etib, o’zgacha bayramona kayfiyat ulashdi.30516177_234764097266712_7330022746220396544_n 30516578_234764093933379_7303808860005859328_n