Bosh sahifa / Tadbirlar / FAKULTETLARDA O’QUV-TARBIYAVIY JARAYONLARNI TASHKIL ETISH HOLATI ENDILIKDA JOYIDA MUHOKAMA ETILADIGAN BO’LDI

FAKULTETLARDA O’QUV-TARBIYAVIY JARAYONLARNI TASHKIL ETISH HOLATI ENDILIKDA JOYIDA MUHOKAMA ETILADIGAN BO’LDI

Termiz davlat universitetida hozirda 9 ta fakultet, Magistratura hamda Maxsus sirtqi bo’limlari faoliyat yuritadi. Har hafta ulardan birining ta’lim va o’quv-tarbiya jarayonlarini tashkil etish holati monitoring qilinib, dushanba kunlari o’tkazib kelinadigan Rektor huzuridagi yig’ilishlarda monitoring natijasida aniqlangan yutuqlarni ommalashtirish, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilanadi.30516283_235134177229704_7609039923600949248_oJoriy haftadan e’tiboran boshqaruv apparati xodimlari yig’ilishi hafta davomida o’quv-tarbiya jarayonlari o’rganilgan fakultetning o’zida o’tkaziladigan bo’ldi. Kecha Tabiiy fanlar fakultetida bo’lib o’tgan ana shu yig’ilishda boshqaruv apparati xodimlari bilan birgalikda fakultetning professor-o’qituvchilari ham ishtirok etdi.30624709_235133977229724_3154442402744238080_oKengaytirilgan yig’ilishda ta’lim-tarbiya sifati, davomat, o’quv maskanidagi sharoitlar, talabalar tomonidan sababsiz dars qoldirish, professor-o’qituvchilar tomonidan o’ziga biriktirilgan darslarni barbod qilish holatlari keskin muhokama etilib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.30531313_235133950563060_3793949168964206592_n30581999_235134240563031_7551506319820193792_n