Bosh sahifa / Tadbirlar / TERDUNING BOYSUN TUMANIDAGI UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARI BILAN O’QUV VA ILMIY-METODIK HAMKORLIGI

TERDUNING BOYSUN TUMANIDAGI UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARI BILAN O’QUV VA ILMIY-METODIK HAMKORLIGI

Termiz davlat universitetining umumiy o’rta ta’lim maktablari bilan hamkorlik aloqalarining yo’lga qo’yilishi ta’lim sifati, mazmuni va samaradorligini oshirishga xizmat qilayotganligi bilan ahamiyatli bo’lmoqda. Xususan, Ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchilari tomonidan Boysun tumanidagi 53-umumiy o’rta ta’lim maktabida zamonaviy metodlardan foydalangan holda o’tkazilgan “Mahorat darslari” o’quvchilarda bir olam taassurot qoldirdi.30571200_235188133890975_6542155577529729024_o“Mahorat darslari” yakunida o’quvchilarga mamlakatimizda xalq xo’jaligining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar jarayoni mazmun-mohiyati haqida ham so’zlab berildi.30531452_235188140557641_744572141705363456_oBu esa ularni ulug’ maqsadlar va ro’y berayotgan islohotlarga daxldorlik hissi bilan yashashga, bugun yaxshi o’qib, kelgusida mukammal hunar egallashga, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo’shishga da’vat etdi.30571317_235188297224292_1923816242443976704_o