Bosh sahifa / Tadbirlar / TERDU DENOV FILIALI: “ABDULLA QODIRIY SABOQLARI”

TERDU DENOV FILIALI: “ABDULLA QODIRIY SABOQLARI”

10 aprel kuni o’zbek adabiyotining buyuk vakili, o’zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy (1894-1938) tavalludiga 124 yil to’ldi. Shu munosabat bilan Termiz davlat universitetining Denov filialida “Abdulla Qodiriy saboqlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.30582444_235665993843189_4990566382350368768_o30624107_235665890509866_2453063608968413184_o (1)Unda sevimli adibimiz hayoti va ijodi, asarlarining badiiy qimmati xususida so’z yuritildi. Iqtidorli talabalar “Bilimdonlar bellashuvi” orqali adib hayoti va ijodiga oid bilimlarini sinovdan o’tkazishdi. Dilbar kuy-qo’shiq va raqslar yig’ilganlar ko’nglini shod etib, o’zgacha bayramona kayfiyat ulashdi. 30581573_235666077176514_2182587124379811840_oDarhaqiqat, Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” romanlari har bir kitobxon uchun eng qadrli asarlardan hisoblanadi. Kitob javonimizga ko’rk bo’lib turgan bu asarlar xalqimizning yaqin o’tmishi, urf-odatlari, an’analaridan so’zlaydi.30581383_235666067176515_7572798018894692352_o30652443_235666170509838_7662024551424851968_oUlardagi voqealar o’quvchini ma’naviy yetuklikka undash barobarida tarixdan saboq olish va ona zaminga munosib farzand bo’lib ulg’ayishga da’vat etadi.