Bosh sahifa / Tadbirlar / TERDU: USTOZLAR BELLASHGANDA

TERDU: USTOZLAR BELLASHGANDA

O’qituvchilik sharafli va mas’uliyatli kasb. Bu kasb egalari o’sib kelayotgan yosh avlod qalbiga chin insoniy fazilatlarni, odob-axloq me’yorlarini singdiradi, puxta ta’lim beradi.
Termiz davlat universitetida shu ulug’ kasbni samarali va halol mehnatlari bilan bezab kelayotgan 500 nafardan ziyod professor-o’qituvchilar faoliyat yuritadi. Bugun Pedagogika fakulteti tashabbusi bilan tashkil etilgan “Balli, ustozlar!” bellashuvida 30653128_236072527135869_9171237172605353984_nBoshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasining 4 nafar ayol professor-o’qituvchilari o’z mahoratlarini sinovdan o’tkazdilar.30657331_236072250469230_91085518929920000_nQatnashchilar nafaqat o’z ishining bilimdoni, yetuk va tajribali mutaxassis ekanliklarini, balki suxandonlik, bekalik, san’atkorlik borasidagi mahoratlarini namoyon etdilar.30629947_236072283802560_8701846020801167360_n (1)30652341_236072360469219_3683582515345358848_n30624447_236072427135879_1526674609586307072_nBellashuvning yakuniy natijalariga ko’ra, Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi o’qituvchilari – Nasiba Mengliqulova “Eng quvnoq ishtirokchi”, Zebuniso Amirqulova “Eng bilimdon ishtirokchi”, Hulkar Jumayeva “Eng nafosatli ishtirokchi”, Nigora Normurodova “Eng zukko ishtirokchi” nominatsiyalari bo’yicha TerDU rahbariyati va fakultetning faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.30697640_236072273802561_5943699223961665536_n30697620_236072607135861_3621371047934164992_n30624673_236072627135859_8689111932394799104_n30629424_236072647135857_6256925446487670784_n