Bosh sahifa / Tadbirlar / “Jahon durdonalari”

“Jahon durdonalari”

Vatanga muhabbat, ota-onaga hurmat, do`stga sadoqat tuyg`usi yosh avlod ongiga butun dunyoda mashhur bo`lgan buyuk shoir va yozuvchilarimiz qoldirgan meroslari orqali singdirilmoqda. Alisher Navoiy, Aleksandr Sergeyevich Pushkin, Mixail Yuryevich Lermontov, Zahiriddin Muhammad Boburlarning asarlari ma’naviy poklik, fikriy yetuklik va badiiy yuksaklikning mezoni sifatida har bir xonadonga kirib bormoqda va kishilar qalbidan chuqur joy olmoqda. Bu buyuk shoirlarning ijodi maktab va kollejlarda, oliy o`quv yurtlarida o`rganiladi. Binobarin, biz Termiz davlat universiteti chet-tillar fakulteti rus-tili va adabiyoti ta`lim yo`nalishi 3- kurs 302-guruh talabalari kechagina 2018-yil 13-aprel kuni Termiz shahridagi 8-o`rta ta’lim maktabida tadbir uyushtirdik. Ushbu tadbirimiz “Jahon durdonalari ’’ nomi ostida bo`lib o`tdi. Buyuk siymolarimizga bag`ishlangan tadbirimizni rus tilida namoyish etdik. Bu bilan maqsadimiz o`quvchilarning rus tili faniga bo`lgan qiziqishini oshirishdir.  Tadbir Chubayeva Farangiz va O`ralov Sardor tomonidan olib borildi.1Tadbir davomida buyuk shoir va yozuvchilarimiz hayoti va ijodi ba`gishlangan taqdimotlarimiz namoyish etildi. Bundan tashqari rus milliy xalq raqslari va qo`shiqlari qoyildi.256Tadbirimiz so`nggida o`quvchilarning bilimlarini sinash maqsadida o`quvchilar bilan savol-javoblar o`tkazildi va faol qatnashgan o`quvchilar sovg`alar bilan taqdirlandi.7Xulosa qib aytish mumkinki, ma’naviyat va madaniyatning o`chmas siymolari hisoblangan bu mo`tabar shaxslar bilan faxrlanamiz va ular har doim qalbimizda mangu yashaydilar.

Shu o’rinda aytish joizki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning quyidagi so’zlari bejiz aytilmagan: “Kitobsiz taraqqiyotga,yuksak ma’naviyatga erishib bo’lmaydi. Kitob o’qimagan odamning ham milatning ham kelajagi yo’q”999999901

TerDu  3- kurs talabasi  Chubayeva Farangiz