Bosh sahifa / Tadbirlar / “TAFAKKUR SINOVLARI” KO’RIK-TANLOVINING TERDU BOSQICHI O’TKAZILDI

“TAFAKKUR SINOVLARI” KO’RIK-TANLOVINING TERDU BOSQICHI O’TKAZILDI

Talaba – bilimli, odobli, teran fikrli tafakkur sohibi bo’lmog’i lozim. Buning uchun u ko’p kitob o’qishi, o’z ustida izlanishi, mustaqil fikrlashga o’rganishi zarur. Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida har yili an’anaviy tarzda “Tafakkur sinovlari” ko’rik-tanlovining o’tkazib kelinishidan ko’zlangan maqsad ham ana shu iqtidorli talabalarning qanchalik tafakkurga ega ekanligini aniqlash va ularning intellektual salohiyatini oshirishdan iborat.
2018 yilning 13 aprel kuni Termiz davlat universitetida ushbu tanlovning birinchi bosqichi bo’lib o’tdi. Unda 8 ta jamoa “Yoshlar ovozi”, “Tezkor savol-javoblar”, “Sahnada tafakkur sinovlari”, “Muammo va yechim” deb nomlangan shartlar asosida o’zaro bellashdilar.12Jamoalar har bir shartni bajarishda o’ziga xoslikka, milliylikka, mazmundorlikka, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini oddiy va xalqchil tarzda ochib berishga harakat qilib, kiyinish madaniyati, jamoa nomi, ko’krak nishoni, shiori, targ’ibot usullaridan foydalangan holda, ijodiy, badiiy hamda voqea hodisalarini mahorat bilan ijro etdilar. Hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan tayyorlangan O’zbekistonning eng yangi tarixi davri taraqqiyoti, mamlakatimizda so’ngi yillarda sud-huquq va ijtimoiy-siyosiy tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan, hakamlar hay’ati tomonidan berilgan savollarga javoblar qaytardilar.34Hakamlar hay’ati tomonidan har bir shart bo’yicha jamoalarning chiqishlari baholanib, to’plangan ballari e’lon qilib borildi. Tanlovda Tarix fakultetining “Turon yulduzlari” jamoasi 1-o’rinni egallab, ikkinchi bosqichda ishtirok etish yo’llanmasini qo’lga kiritdi. Pedagogika fakultetining “Kelajak bunyodkorlari”, Jismoniy madaniyat fakultetining “Chempionlar”, Tabiiy fanlar fakultetining “Istiqlol shijoati” jamoalari 2-o’rin, O’zbek filologiyasi fakultetining “Oltin avlod” jamoasi 3-o’ringa munosib deb topildi.56 Chet tillar fakultetining “Istiqlol yoshlari”, Texnika fakultetining “Yoshlar”, Fizika-matematika fakultetining “O’zbegim yoshlari” jamoalari tanlovning faol ishtirokchilari sifatida e’tirof etildi. Uning yakunida g’olib jamoalar va faol ishtirokchilarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg’alari topshirildi.7 8 9 10