Bosh sahifa / Tadbirlar / TERDU: ISTIQBOLIMIZ EGALARINING SALOMATLIGINI ASRASH – EZGU MAQSAD

TERDU: ISTIQBOLIMIZ EGALARINING SALOMATLIGINI ASRASH – EZGU MAQSAD

Aholi salomatligini muhofaza qilish, har tomonlama sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash porloq istiqbolni belgilaydi. Shu bois ham Termiz davlat universitetida ishchi-xodimlarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish, ular o’rtasida sog’lom turmush tarzi tamoyillarini qaror toptirish, yoshlar ongida sog’lom oila muhitiga tayyorgarlik tuyg’usini uyg’otish, ularda tibbiy, huquqiy, axloqiy bilim va ko’nikmalarini shakllantirish borasida talay ishlar amalga oshirilmoqda.
2018 yilning 12 aprel kuni bir guruh ayol professor-o’qituvchilar hamda Talabalar turar joylarida yashovchi 600 nafarga talaba-qizlar ishtirokida “Reproduktiv salomatlik – baxtli hayot kafolati” mavzusida tashkil etilgan davra suhbati ana shu maqsadlarga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo’ldi. 30712890_236511603758628_5305531418091192320_o“Salomtlik kuni” tadbirlari doirasida tashkil etilgan ushbu davra suhbatida viloyat aholi reproduktiv salomatlik markazi direktori o’rinbosari, oliy toifali shifokor Chori Jo’rayev yig’ilganlarga jismoniy tarbiya, sog’lom turmush tarzi, qizlar gigiyenasi, 30715278_236511570425298_8281268525230718976_otug’ma, orttirilgan, asoratli TORCH infektsiyalari, shuningdek erta va qarindoshlar o’rtasidagi nokohning oldini olish kabi mavzularda talabalarga to’liq ma’lumotlar, zarur tavsiyalar berdi. 30707383_236511707091951_4503110885862014976_o30656668_236511727091949_4904326114811314176_oQatnashchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.