Bosh sahifa / Tadbirlar / TERDU YOSH TADQIQOTCHILARINING TOG’ YONBAG’RLARIGA UYUSHTIRGAN ILMIY EKSPEDITSIYASI

TERDU YOSH TADQIQOTCHILARINING TOG’ YONBAG’RLARIGA UYUSHTIRGAN ILMIY EKSPEDITSIYASI

“Surxon-Sherobod vohasi va uni o’rab turgan tog’larning quruqlik mollyuskalari biologik xilma-xilligi” mavzusida ilmiy tadqiqot olib borayotgan Termiz davlat universitetining zoologiya ta’lim yo’nalishi o’qituvchisi Sh.Abdulazizova hamda shu mavzuda bitiruv malakaviy ish yozayotgan 4-bosqich talabalari Boysun tumanining Sho’rob qishlog’i joylashgan Suvsiztog’ va Sarimos tog’ yonbag’rlariga ilmiy ekspeditsiya uyushtirdilar.30712718_237857130290742_5556908350618206208_oEkspeditsiya a’zolari TerDU dotsenti K.Eshnazarov rahbarligida “Mavjaksoy”, “Katta tomchi” va “Machaydara” hududlarida bo’lishib, ilmiy jihatdan o’rganish uchun quruqlikda yashovchi qorinoyoqli mollyuskalardan namunalar to’pladilar.30708545_237857136957408_5241388761585025024_nShuningdek, ekspeditsiya a’zolari Boysun tumanining Sho’rob qishlog’ida joylashgan 16-umumiy o’rta ta’lim maktabida ham bo’lishib, yuqori sinf o’quvchilari uchun “Fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasi” mavzusida mahorat darslarini o’tishdi.30716085_237857263624062_8223239600051585024_nO’quvchilarga fan, ta’lim va amaliyotning o’zaro bog’liq holda rivojlanishi, fan yutuqlarining ta’lim va amaliyot jarayonlariga tatbiq qilish, ularning o’zaro ijobiy jihatlarini birlashtirishning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.