Bosh sahifa / Tadbirlar / TERDUNING ORASTA VA OQILA QIZLARI BELLASHGANDA

TERDUNING ORASTA VA OQILA QIZLARI BELLASHGANDA

Termiz davlat universitetida talaba-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida ular o’rtasida “Balli, qizlar!” ko’rik-tanlovini o’tkazib borish an’anaga aylangan.
Bugun ayni shu maqsadda tashkil etilgan tanlovda Tarix fakultetining bir guruh iqtidorli talaba-qizlari “Tanishtirish”, “Shu buyuk yurt farzandiman”, “Epli qiz-sepli qiz” va “Erkin mavzu” shartlari bo’yicha bellashdilar.
Ularning taomlar tayyorlash, dasturxon tuzashdagi mahorati, san’atdagi iste’dodi, qizlarning kiyinish va muomala madaniyati, odob-axloqiga doir sahna asarlaridagi iqtidori, huquqiy, tibbiy, o’y-ro’zg’orga oid mavzularda berilgan savollarga hozirjavobligi Hakamlar hay’ati a’zolari va tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo’ldi.
Tanlov qatnashchilari TerDU rahbariyatining tashakkurnomalari va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.130707197_236994573710331_1947974385511956480_n30704867_236994720376983_3038855160542527488_n30706236_236994687043653_6101868154915389440_n 30712194_236994560376999_5932021564366127104_n 30742197_236994693710319_8027670656525008896_n