Bosh sahifa / Tadbirlar / TERDU: IQTIDORLI TALABALARNI MAQSADLI TAYYORLASH ASOSIY MAQSADIMIZ

TERDU: IQTIDORLI TALABALARNI MAQSADLI TAYYORLASH ASOSIY MAQSADIMIZ

Ma’lumki, iqtidorli yoshlar mamlakatimizning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti hamda uning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashini ta’minlovchi muhim omil va millat ziynati hisoblanadi. Termiz davlat universitetida ham maqsadga intilish, qat’iylik va mehnatsevarlik kabi fazilatlari hamda ilmiy, ijodiy faoliyat bilan shug’ullanish istagi bilan boshqa tengdoshlaridan ajralib turadigan iqtidorli talabalar talaygina.
Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov kecha ana shu iqtidorli talabalarning 500 nafarga yaqini bilan muloqot o’tkazdi.30740899_238818220194633_7788992555017830400_oMuloqot universitetda ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi intellektual elitani tayyorlash va bu borada yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo’nalishlari bo’yicha o’z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o’zlaridagi noyob iste’dodni ro’yobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratish vazifalariga bag’ishlandi.30738382_238818426861279_8199908869548277760_o30738457_238818470194608_9036801260266717184_oTahliliy-tanqidiy ruhda o’tgan muloqot davomida talabalar mavzu yuzasidan takliflari, ba’zi muammoli masalalarga oid fikr-mulohazalarini erkin tarzda bayon etdilar.30712167_238818486861273_1235909923557081088_o30706794_238818233527965_665240792918392832_oShu asosda erishilgan natijalar qayd etilishi bilan birga, iqtidorli talabalarni tanlash, ma’lumotlar bazasini yaratish hamda monitoringini olib borish, fan olimpiadalari va davlat stipendiyalariga nomzodlar tayyorlash, ularni ilmiy faoliyatga tizimli ravishda keng jalb etish, malakali professor – o’qituvchilarni iqtidorli talabalar bilan individuval ishlashga jalb etish, yetakchi xorijiy davlatlarning bu boradagi ilg’or tajribalarini o’rganish va ularni keng qo’llash, iqtidorli talabalar va ularning rahbarlarini rag’batlantirish va taqdirlash borasida yo’l qo’yilgan kamchiliklar ham atroflicha muhokama etilib, mas’ullarga tegishli ko’rsatmalar berildi.30729271_238819000194555_6959444974987378688_o 30729523_238818226861299_2758601990358433792_o