Bosh sahifa / Tadbirlar / IMOM TERMIZIY MEROSI: HAMKORLIK YO’LGA QO’YILDI

IMOM TERMIZIY MEROSI: HAMKORLIK YO’LGA QO’YILDI

Toshkent islom universitetida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Saudiya Arabistoni informatsiya va arab-rus tadqiqotlar markazi hamkorligida“Imom Termiziy ilmiy merosining islom tamadduni rivojidagi ahamiyati” mavzusidagi ilmiy seminar bo’lib o’tdi.
Tadbirni Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori professor Ubaydulla Uvatov kirish so’zi bilan ochib berdi. O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmon Alimov seminar ishtirokchilariga tabrik so’zlari bilan murojaat etdilar.
Muloqatga Saudiya Arabistoni informatsiya va arab-rus tadqiqotlar markazi raisi doktor Majid ibn Abdulazizi at-Turkiy moderatorlik qildi.Seminar doirasida mustaqillik yillarida birinchi bor O’zbekiston va Saudiya Arabistoni olimlari va ulomalari tomonidan Imom Termiziy ilmiy merosining islom tamadduni rivojidagi ahamiyati muhokima etildi. Mavzu yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlar sarhisobi va kelajakda rejalashtirilgan ishlar, ularni amalga oshirishda hamkorlik istiqbollari borasida ma’ro’zalar tinglandi.
Dastlab, mehmonlar – Shayx doktor Folih ibn Muhammad as-Sag’iyrning “Imom Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining hadis ilmi rivojida tutgan o’rni” mavzusidagi ma’ro’zasi tinglandi va Shayx Somiy ibn Abdulloh al-Maglus o’zining “O’zbekistonlik muhaddis olimlar atlasi” asarining taqdimotini o’tkazdi. Keyin, O’zbekiston tomonidan Termiz davlat universiteti olimlari Jo’rabek Cho’tmatov “Imom Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining islom tamadduni rivojida tutgan o’rni” va Jaloliddin Mirzayev “Imom Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining mustaqillik yillarida o’rganilishi” mavzularida ma’ro’zalar qilishdi.
Seminarda qatnashgan olim va ulamolar ma’ro’zalar bo’yicha fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ma’ro’zalar va takliflar asosida Imom Termiziy ilmiy merosining o’rganilishi va targ’iboti masalalarida hamkorlik borasida rejalar belgilab olindi.30707098_1699481266766563_7637207010617851904_o

Jaloliddin Mirzayev,
tarixi fanlari nomzodi.