Bosh sahifa / Tadbirlar / TERDU: MUVAFFAQIYATLAR ASOSI — RAG’BAT VA E’ZOZ

TERDU: MUVAFFAQIYATLAR ASOSI — RAG’BAT VA E’ZOZ

2018 yilning 13 aprel kuni Termiz davlat universitetida Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida har yili an’anaviy tarzda o’tkazib kelinadigan “Tafakkur sinovlari” ko’rik-tanlovining birinchi bosqichi bo’lib o’tganligi, unda 8 ta jamoa orasidan g’oliblar aniqlanganligi haqida avval xabar qilgan edik.
Universitetining kecha o’tkazilgan navbatdagi Ilmiy kengashi avvalida an’anaga muvofiq, ushbu bosqichda yuqori (1, 2, 3) o’rinni egallagan jamoalarni ularning o’qituvchi-murabbiylari ishtirokida taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
TerDU rektori A.Toshqulov tanlovning birinchi bosqichida 1-o’rinni egallab, ikkinchi bosqichda ishtirok etish yo’llanmasini qo’lga kiritgan Tarix fakultetining “Turon yulduzlari”, 2-o’rinni egallagan Pedagogika fakultetining “Kelajak bunyodkorlari”, Jismoniy madaniyat fakultetining “Chempionlar”, Tabiiy fanlar fakultetining “Istiqlol shijoati” jamoalari, 3-o’ringa munosib deb topilgan O’zbek filologiyasi fakultetining “Oltin avlod” jamoasini qutlab, rahbariyatning tashakkurnoma va esdalik sovg’alarini topshirdi.
Shuningdek, tadbirda respublika miqyosida o’tkazilgan sport musobaqalarida peshqadamlikni qo’lga kiritgan talabalar, “Ustoz-shogird” an’anasini davom ettirib, shogirdining o’z ilmiy ishini muddatidan avval himoya qilishida katta hissa qo’shgan professor-o’qituvchilar ham munosib taqdirlandilar.30739840_240080620068393_4533025998798585856_o 30762944_240080450068410_8157700602432847872_o 31068874_240080616735060_7798532510605901824_o 31123168_240080436735078_7115301980880240640_o 31131694_240080460068409_4582032245660844032_o