Bosh sahifa / Tadbirlar / TERDUNING “TALABALAR TEATR STUDIYASI” YOSHLAR FESTIVALIDA 1-O’RINNI QO’LGA KIRITDI

TERDUNING “TALABALAR TEATR STUDIYASI” YOSHLAR FESTIVALIDA 1-O’RINNI QO’LGA KIRITDI

Bugun Termiz shahridagi 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “Yoshlar – kelajak bunyodkorlari” shiori ostida yoshlar festivalining shahar bosqichi o’tkazildi. Unda bir guruh iqtidorli, ijodkor yoshlar turli yo’nalish va nominatsiyalar bo’yicha o’z bilim va mahoratini sinovdan o’tkazishdi.
Festivalda Termiz davlat universiteti hamda Toshkent davlat texnika, Toshkent davlat agrar universitetlari Termiz filiallarining“Talabalar teatr studiyalari” jamoalari sahnalashtirilgan asarlari bilan faol ishtirok etdi. Jamoalar tomonidan tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan sahna ko’rinishlari hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.
Tomoshabinlar Termiz davlat universitetining “Oltin avlod” talabalar shou studiyasi tomonidan O’zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov asari asosida sahnalashtirilgan “Ikkinchi tumor” spektakli namoyishini katta qiziqish bilan kutib olishdi. Spektaklda jamiyatda uchraydigan ayrim illatlar “kosa tagida nimkosa” tarzida ko’rsatib berildi. Birgina tajriba atrofida xo’jako’rsinga ishlash va yashash, mansabparastlik, qog’ozbozlik kabi illatlar bo’y ko’rsatdi va bunday holatlarning avj olishi jamiyatni tanazzulga yetaklashi mumkinligi Matmusa misolida ochib berildi.
TerDU talabalarining ta’sirchan lavhalardagi o’z rollarini bu tariqa mohirona ijro etishlari, spektaklning badiiy saviyasi va ta’sirchanligi tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Tomoshabinlar spektakldan, teatr ijodiy jamoasi tomoshabinlarning qizg’in olqishidan mamnun bo’ldi.
Saralash yakunida Termiz davlat universitetining “Oltin avlod” talabalar shou studiyasi jamoasi 1-o’ringa loyiq deb topilib, festivalning Navoiy viloyatida o’tkaziladigan navbatdagi bosqichida qatnashish huquqini qo’lga kiritdi. G’olib jamoa va uning badiiy rahbari tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.30742728_239775510098904_9221640997530763264_n31048306_239775496765572_2884981037971013632_n31059651_239775643432224_6124451934771347456_n31113568_239775653432223_5833205658354188288_n31062206_239775693432219_2356280794445512704_n31084184_239775860098869_4541489837445742592_n