El-yurt taqdiriga daxldor bo’lgan tarixiy adolatni tiklash, xalqimiz va millatimizning yaqin o’tmishidagi yopiq saxifalarni to’la ochib berish, shu tarixdan saboq chiqarib bugungi va kelajak xayotiimzga ongli qarashni shakllantirish, begunox qurbon bo’lgan insonlar xotirasini abadiylashtirish biz uchun ham qarz ham farz.

                                                                                             I.Karimov

Vatan-bu har bir insonning ko’z ochib ko’rgani, bor-u yo’g’i, tug’ulib yashaydigon va yana mangu uyquga ketadigon abadiy makondir. Shu boisdan ham Vatanda shunchaki yashab bo’lmaydiki uni har-xil balolardan asrash,Abadiy tinchligini taminlash, har bir qarich tuprog’ini obod qilish darkor. Biroq, bu har doim ham  oson kechmaydi. Bunday sharafli shuningdek mashaqqatli yo’lda inson bor-u yo’g’i xattoki jonini fido qilishgada to’g’ri keladi. Shunday bo’lsada, Vatan uchun qilingan  har qanday  ish etiroflidir va bu  xammaga ham nasib eta vermaydi.

Baxtdan lazzatlanish – buyuk buyuk saodat. Baxtni o’zgalarga tuxfa etish esa undan ham buyukroq ezgulikdir. Shunday ezgultk yo’lida xizmat qilgan va o’z yurti uchun jon –jaxdi  bilan kurashgan fidoyilarimizdan biri hamyurtimiz Urayimjon ota Sobirovdir. Urayimjon ota 1926 yil 5 iyulda  Andijon viloyati Paxtaobod tumani Mirzo Ulug’bek QFY Sangraobod MFY da tavallud topadi.Otasi Sobirov Mamasobirjon, onasi Oishaxonlar kalxozning faxriy mechnatkashlaridan bo’lishadi. Oilasida 4 qiz 1 o’g’il bo’ladi Uraymjon ota 1944 yilning aprel oyidan yani 18 yoshidan xarbiy xizmatga chaqiriladi va 1950 yilga qadar  xizmat qiladi. “ O’sha

paytlarda- deya gap boshlaydi Urayimjon ota – “men bir, ikki yigit bilan Sibirning Irikuskiy oblastida pralamada ishlaganmiz. Deyarli erkaklarning bari urushdaligi bois asosan pralamada ayollar o’tin chiqarishardi. U paytlar kattagayam, kichikkayam birdek qiyin zamon edi. Men 6 yil uyimdan uzoqlarda bo’lgan bo’lsam, shu vaqt ichida boshqalar kabi mening ham boshimdan ne-ne qiyinchiliklar o’tmadi deysiz. Ko’z o’ngimda daxshatli voqealar sodir bo’ldi. Ming – ming odamlar xalok bo’ldi. Bir kuni tungi soat ikkida bizga dushman xujum qilgani xaqida xabar bo’ldi. Xammamiz saflandik. O’sha paytda o’ris safdoshimiz miltiqni bexosdan otib yubordi. Miltiqning o’qi uning yonidagi tojik yigitning xalqumiga tegdi va tojik yigit o’sha vaqtning o’zida olamdan o’tdi”. Urayimjon ota tinchlik o’rnatilib uyiga qaytgach oila quradi. Va ko’p yillar turli ishlarda xizmat qiladi.Urayim ota xozirda 18 nevara, 23 chevaraning bobosi bo’lib, izzat ikromda , qarilik gashtini surib yashamoqda.Ураимжон

 Fotimaxon Boqiyeva TerDU 1-bosqich talabasi.