Biz barqaror taraqqiyot va farovon xayotga erishish yo’lida o’z oldimizga qanday reja va dasturlarni qo’ymaylik, barcha oliyjanob orzu –intilishlarimizni amalga oshirishning yagona sharti va garovi bu tinchlik osoyishtalikdir.

I.Karimov

Butun insoniyatga taxdid solayotgan fashizimni yo’q qilish, xayotni, tinchlikni saqlash yo’lida kurashgan hamyurtimiz Isroiljon ota Ismoilov 1925 yilda Andijon viloyati Paxtaobod tumani Boyto’pi MFY da tavallud topadi. 1942 yili mart oyidan urushga safarbar qilinadi. 1950 yilga qadar Bolgariya, Estoniya, Lat va Latviyada xizmat qiladi. “Biz- deydi Isroiljon ota 1943 yildan Smolenskiy oblastidagi Dimidov Mesteskasida urushni boshladik. I, II Probolteyskiy generali Mayor Belayev, Demidov shaxrida tug’ulgan edi. Generalimz shu shaxarni dushmanlardan ozod qilmasdan ketmaymiz deb turib oldi. Biz Demidovda ikki sutka suvsiz, ovqatsiz jang qildik. SHukurki,shaxarni dushmanlardan ozod qildik. SHundan so’ng bizning guruxga Demidovskiy nomi berildi. 1943 yilda Saratipning o’rmonlaridan biriga 800 kishi joylashdik. 800 ta kishiga bor yo’g’i 25,30 ta miltiq bor edi xolos. Qolganlarimizga esa qurol yo’qligi bois, daraxtdan yog’och qurol yasab foydalanganmiz. Bir oy xattoki, ikki oylab qo’limizga suv tegmanan xolatlar ham bo’lgan. Umuman yuvinmasdik, to’yib ovqatlanmasdik, yerda yotardik. Xujum bo’lgan joyga bitta gurux (20 ta, 30 ta askardan iborat edi) jo’natilib bir soat ichida bor yo’g’i uchta, to’rtta askargina tirik qaytib kelardi.

Bu xolat uch, to’rt oy davom etdi. 1943 yilda sovuq payti edi. Jang vaqtida oyoq kismimga o’q yeb xushimdan ketib qoldim. O’zimga kelganimda gospitalda yotardim. Xamshiraning aytishicha 10 kun bexush  yotibman. Ajablanarlisi esa,jang maydonida yaralanganimda yonimda xech kim yo’q ekan. Meni odamlarning oldiga itlarning o’zi chanada tuproqqa belangan xolimda olib kelshgan ekan. SHundan so’ng, uch oy gospitalda davolanib o’z joyimga qaytdim Men safdoshdarimdan:Xorazimlik Ismoilov Isoqjon, Andijonlik Asqarov Umarali, Ashxaboddan Dadajonlarni eslayman.Meni 23 nabiram, 32 chevaram bor ularni har yili avtobusda Xonobodga dam olishga olib boraman”.

     Isroiljon ota xali xamon tetik, baquvvat. Biz bilan uzoq dildan suxbatlashdilar. Urushda xalok bo’lgan bobolarimiz, ota-yu, tanishlarimizni  qabrlarini ziyorat  qilishimiz, Urushdan omon qaytgan safi yildan- yilga ozayib borayotgan faxriylarimizni xolidan fabar olib turish siz bilan bizning zimmamizdagi ulug’ farz va qarzimizdir azizlar.Исроилов Исмоилжон

Jismimiz yo’qolur, o’chmas nomimiz,

 G’alaba  kunida  bo’lurmiz  biz  ham.

 Xamid Olimjon.

Tinchlikning        qadriga yeting, bolalarim!

Isroiljon Ismoilov

Fotimaxon Boqiyeva TerDU 1-bosqich talabasi.

One comment