Mexnat  tagidadir  ey oqil, har ganj,

     Ganj topmas xech kim, tortmas esa ranj.

       Firdaviysiy.

ҚобилжонDarxaqiqat, ming yil avval juda donolik bilan  bitilgan bu bitik xozirga qadar ham o’z isbotini topib kelmoqda. Ne-ne mashaqqat, azob, qurbonlik evaziga kelgan osoyishta va tinch xayotimizga o’z xissasini qo’shgan,  1926 yilda Andijon viloyati  Paxtaobod tumani Sangraobod MFY da tavallud topgan Qobiljon ota bilan suxbatda bo’ldik.“Xali 18 yoshga ham to’lmagan edim. Urush olovi avj olgan, qishloqlarni, yosh-u qarini o’z domiga tortar edi. Daxshatlisi, ko’z o’ngimda necha-necha safdoshlarimni jismu –joni dushman o’qidan pora-pora bo’lar edi. U kunlarni eslasam, xali –xanuz юragimda og’riq turadi.Urush tugaganligi to’g’risidagi xabarni eshitganimda quroldoshlarim bilan qanchalar quvongan edik. Mana bunga ham  73 yil bo’libdi. Iloxim biz ko’rgan kunlarni farzandlarimiz ko’rmasin. Tinchlikni qadriga yetinglar bolajonlarim!

     Qobiljon ota urushdan keyingi yillarda dalada mexnat qildi. Oila qurdi. Qator- qator o’g’il qizlarni tarbiyalab voyaga yetkazdi. Bugun tinch va osoyishta kunlarda farzandlari, nabiralari.davrasida umrguzaronlik qilmoqda.

     Fotimaxon Boqiyeva TerDU  1- bosqich talabasi .

One comment