Bosh sahifa / Tadbirlar / BIR NECHA DAQIQALARDAN SO’NG TERDUDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN O’Z ISHINI BOSHLAYDI

BIR NECHA DAQIQALARDAN SO’NG TERDUDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN O’Z ISHINI BOSHLAYDI

Bugun Termiz davlat universitetida “Boysun bahori” folklor festivali doirasida o’tkazilishi rejalashtirilgan “Boysun – moddiy va nomoddiy madaniyat beshigi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bir necha daqiqalardan so’ng o’z ishini boshlaydi. Respublikamizning turli hududlaridan hamda xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan taniqli folklorshunos, tarixchi-etnograf olimlar ishtirokida o’tkaziladigan ushbu anjumanda qadimiy bu yurtning tarixi, nafis va boy madaniy merosining dunyo tamaddunida tutgan o’rni xususida fikr almashiladi. Ayni daqiqalarda ushbu nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning tantanali ochilish marosimiga qizg’in hozirlik ko’rilmoqda.photo_2018-04-27_10-41-49 photo_2018-04-27_10-42-07 photo_2018-04-27_10-42-16 photo_2018-04-27_10-42-24 photo_2018-04-27_10-42-32 photo_2018-04-27_10-42-42 photo_2018-04-27_10-42-46 photo_2018-04-27_10-42-49 photo_2018-04-27_10-42-55 photo_2018-04-27_10-42-59 photo_2018-04-27_10-43-04 photo_2018-04-27_10-43-10 photo_2018-04-27_10-43-13 photo_2018-04-27_10-43-17