Bosh sahifa / Tadbirlar / TERDUDA O’TKAZILAYOTGAN 2 TA NUFUZLI ILMIY-AMALIY ANJUMAN “BOYSUN BAHORI” FOLKLOR FESTIVALIGA ULANIB KETADI

TERDUDA O’TKAZILAYOTGAN 2 TA NUFUZLI ILMIY-AMALIY ANJUMAN “BOYSUN BAHORI” FOLKLOR FESTIVALIGA ULANIB KETADI

Avval xabar qilganimizdek, bugun Termiz davlat universitetida ikkita ilmiy-amaliy konferentsiya o’tkazilmoqda. Biri “Boysun bahori” folklor festivali doirasida “Boysun – moddiy va nomoddiy madaniyat beshigi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo’lsa, ikkinchisi  “Bilingvizm va interferentsiya muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanidir.

Universitet jamoasi ushbu nufuzli anjumanlarga puxta hozirlik ko’rdi. Anjuman o’tkaziladigan binolar fayesi va faollar zallari zamonaviy uslubda qayta ta’mirlanib, jihozlandi. Respublikamizning turli hududlaridan hamda xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan taniqli folklorshunos, tarixchi-etnograf olimlarni tantanali kutib olishga alohida e’tibor qaratildi. Bino fayesida namoyish etilgan foto ko’rgazmalar, milliy hunarmandchilik namunalari, folklor kuy-qo’shiqlaru surxoncha raqslar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Ilmiy-amaliy anjumanga Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ham tashrif buyurdi. Uning tantanali ochilish marosimida so’zga chiqqan viloyatimiz hokimi nufuzli anjumanlar ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Ayni daqiqalarda “Boysun – moddiy va nomoddiy madaniyat beshigi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani ishtirokchilari “Boysun: ta’lim, fan va madaniyat”, “Boysunda turizmni tashkil etish muammolari”, “Boysun etnografiyasining dolzarb muammolari”, “Boysun xalq hunarmandchiligi va amaliy san’ati tarixi”, “Boysun arxeologiyasining dolzarb muammolari” yo’nalishlarida, “Bilingvizm va interferentsiya muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani qatnashchilari esa tillarning rivojlanishi, o’zaro ta’siri va boyish jarayonlari, tarjima masalalari, bilingvizm va polilingvizm sharoitlarida ona tili va ikkinchi tilning interferentsiyasi kabi qator mavzular doirasida fikr almashishmoqda. Anjumanlar ishi nihoyatda jo’shqin ruhda, sermazmun ma’ruzalar, interfaol suhbatlar, yangi fikrlarga boy tarzda o’tmoqda.

Shu tariqa, bugun Termiz davlat universitetida o’tkazilayotgan ushbu ikkita ilmiy-amaliy konferentsiya ertaga Boysun tumanida o’tkaziladigan “Boysun bahori” folklor festivaliga ulanib ketadi.001 01 1 0002 002 02 2 3 04 5 6 0007 07 08 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 photo_2018-04-27_10-12-27 photo_2018-04-27_10-12-32