Bosh sahifa / Tadbirlar / TERDU: NAVQIRON AVLOD E’TIBORDA, YOSHI ULUG’LAR EHTIROMDA

TERDU: NAVQIRON AVLOD E’TIBORDA, YOSHI ULUG’LAR EHTIROMDA

Qadr – insonni yuksaklikka ko’taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag’ishlaydi. 9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami munosabati bilan Termiz davlat universitetida ham uzoq yillar el-yurt ravnaqi yo’lida fidokorona xizmat qilib, hozirda keksalik gashtini surayotgan faxriylar mehnatini qadrlash, ularga hurmat va ehtirom ko’rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, Tabiiy fanlar fakultetining bir guruh professor-o’qituvchilari kecha Muzrabot  tumanining  Yangiyer mahallasida istiqomat qiluvchi, front orti mehnat faxriysi Odina bobo Jumayev xonadonida bo’lishib, uning holidan xabar olishdi. Bayram sovg’alarini ulashishdi. Odina bobo yoshlarga insonning sabrini sinagan 1941-1945 yillarda O’zbekistonning urushga qo’shgan hissasi, front ortida qilingan matonatli mehnat haqida so’zlab berdi.

Shu kuni fakultetga soha rivoji uchun beqiyos mehnati singgan faxriy o’qituvchilar, marhum ustozlarning oila a’zolari taklif qilindi. Tadbirda shogirdlar aziz ustozlarining fidokorona mehnati, ezgulikka yo’g’rilgan tashabbuslari, ibratli faoliyati haqida so’z yuritdilar. O’z navbatida faxriylar ham so’zga chiqishib, bugunimiz kechagi kundan yorug’, ertamiz yanada fayzli, barakotli bo’lishi uchun professor-o’qituvchilarni yanada shijoat bilan ishlashga undadilar.

1 2 3 4 5