Bosh sahifa / Tadbirlar / TERDU: AJDODLAR JASORATI AVLODLAR UCHUN NAMUNADIR

TERDU: AJDODLAR JASORATI AVLODLAR UCHUN NAMUNADIR

Bugun erta tongdan Termiz shahridagi Xotira maydoni har qachongidan gavjum bo’ldi. Bu yerga viloyatimiz hokimi E.O.Turdimov, urush va mehnat faxriylari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, korxona, tashkilot va muassasalar xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi. Maydon uzra taralgan harbiy orkestr sadolari ostida tadbir ishtirokchilari Motamsaro Ona haykali poyiga gullar qo’yib, Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo’lida jon fido qilgan yurtdoshlarimizni yod etdilar.birda Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov boshchiligida bir guruh boshqaruv apparati xodimlari, professor-o’qituvchilar va iqtidorli talabalar ham ishtirok etishib, yurt tinchligi va ozodligi, avlodlarning porloq istiqboli uchun jonini fido qilgan vatandoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirishdi. Prezidentimiz rahnamoligida 9 may – Xotira va Qadrlash kuni bu yil mamlakatimiz bo’ylab o’zgacha ruhda nishonlanayotgani zamirida ajdodlar xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, yurtimiz tinchligi va ravnaqi yo’lida xizmat qilgan keksalarga alohida hurmat-e’tibor ko’rsatish kabi ezgu maqsadlar mujassam ekanligini dildan his qildilar.1 2 3 4 5 691112131617